Botir Yaminov - Mayli-mayli

Kechalari uxlaging kelmasa,
Hol beqaror halovat boʻlmasa,
Qilgin diqqat, yuragingda
Makonini qurmoqda janobi muhabbat.
Koʻzingga oʻzgalar koʻrinmasa,
Soatingdagi vaqting toʻxtasa,
Bilaver ishqqa asirsan,
Hali oshadi harorat.
Osmonda balandparvoz
Qanoatim ishq, nafasim ishq.
Yoring bori juda soz,
Oshiq maftunman, mamnunman.
Mayli, mayli roziman
Ortari har kuyga,
Holim nima boʻlsa boʻlar,
Ortga qaytmayman.
Mayli, mayli roziman
Davosiz dardimga,
Yorim yonimda qolsa bas
Kuyinmayman.
Yigʻlagin, kulgin misoli majnun,
Yor seni desa boʻlasan butun.
Koʻngil qoʻygan boʻlsang koʻnikgin,
Tuzadi, tuzadi janobi muhabbat.
Yoringga doding yetib bormasa,
Qalbiga eshik ochib boʻlmasa,
Mungli qoʻshigʻingni boshlama sabr qil,
Boʻlib qolar bir fursat.
Osmonda balandparvoz
Qanoatim ishq, nafasim ishq.
Yoring bori juda soz,
Oshiq maftunman, mamnunman.
Mayli, mayli roziman
Ortari har kuyga,
Holim nima boʻlsa boʻlar,
Ortga qaytmayman.
Mayli, mayli roziman
Davosiz dardimga,
Yorim yonimda qolsa bas
Kuyinmayman. (x2)
Hol beqaror halovat boʻlmasa,
Qilgin diqqat, yuragingda
Makonini qurmoqda janobi muhabbat.
Koʻzingga oʻzgalar koʻrinmasa,
Soatingdagi vaqting toʻxtasa,
Bilaver ishqqa asirsan,
Hali oshadi harorat.
Osmonda balandparvoz
Qanoatim ishq, nafasim ishq.
Yoring bori juda soz,
Oshiq maftunman, mamnunman.
Mayli, mayli roziman
Ortari har kuyga,
Holim nima boʻlsa boʻlar,
Ortga qaytmayman.
Mayli, mayli roziman
Davosiz dardimga,
Yorim yonimda qolsa bas
Kuyinmayman.
Yigʻlagin, kulgin misoli majnun,
Yor seni desa boʻlasan butun.
Koʻngil qoʻygan boʻlsang koʻnikgin,
Tuzadi, tuzadi janobi muhabbat.
Yoringga doding yetib bormasa,
Qalbiga eshik ochib boʻlmasa,
Mungli qoʻshigʻingni boshlama sabr qil,
Boʻlib qolar bir fursat.
Osmonda balandparvoz
Qanoatim ishq, nafasim ishq.
Yoring bori juda soz,
Oshiq maftunman, mamnunman.
Mayli, mayli roziman
Ortari har kuyga,
Holim nima boʻlsa boʻlar,
Ortga qaytmayman.
Mayli, mayli roziman
Davosiz dardimga,
Yorim yonimda qolsa bas
Kuyinmayman. (x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!