🎵 Qoʻshiq matnlari

Rayhon - Tabassum qil

2K marta oʻqildi
Rayhon - Tabassum qil
Hayotda nedandir boʻlsang magʻlub,
Nedandir lekin boʻlasan gʻolib.
Boshingni baland koʻtar,
Yaxshi-yomon kuning oʻtar.
Goh ozor berar koʻnglingga sevgi,
Goh doʻsting ham tushunmaydi seni.
Boshingni baland koʻtar,
Yaxshi-yomon kuning oʻtar.
Topdim, javobin topdim:
Sen doim tabassum qil,
Toʻxtama tabassum qil,
Sen doim qadringni bil,
Oʻzingni qadringni bil.
Kulsang doim senga aytsam,
Baxt kuladi rostdan, kuladi rostdan.
Sen doim tabassum qil,
Toʻxtama tabassum qil,
Sen doim qadringni bil,
Oʻzingni qadringni bil.
Kulsang doim senga aytsam,
Kular dunyo rostdan, kuladi rostdan.
Bu hayot davom etadi shunday,
Bir kuni unday, bir kuni bunday,
Qalbing boʻlsa ham zabun,
Kul, dunyo kulishi uchun.
Hayot qoʻllarida ermakmiz,
Lekin kimgadir juda kerakmiz,
Kulgin boʻlsa ham senda agar
Senda hozir qora kunlar.
Topdim, javobin topdim:
Sen doim tabassum qil,
Toʻxtama tabassum qil,
Sen doim qadringni bil,
Oʻzingni qadringni bil.
Kulsang doim senga aytsam,
Baxt kuladi rostdan, kuladi rostdan.
Sen doim tabassum qil,
Toʻxtama tabassum qil,
Sen doim qadringni bil,
Oʻzingni qadringni bil.
Kulsang doim senga aytsam,
Kular dunyo rostdan, kuladi rostdan. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!