🎵 Qoʻshiq matnlari

Oʻlmas Olloberganov - Qurbon oʻlam

1 daqiqa 2.4K marta oʻqildi
Oʻlmas Olloberganov - Qurbon oʻlam
Kelgin, ey mohiliqo, husningga qurbon oʻlam,
Xalqayi zulfi parishoningga qurbon oʻlam.
Chashmi masti labi xandoningga qurbon oʻlam,
Oftobi ruyi toboningga qurbon oʻlam.
Qadi navrastayi larzoningga qurbon oʻlam, yor,
Man sana qurbon oʻlam.
Ikki qoshing qalamu, ikki koʻzing chashamai nur,
Barq urib oyinadek siynayi sofing koʻrinur.
Bu sani dardu firoqing mani jonimga huzur,
Yoʻq nazokat ichinda sen kabi durdonayi dur.
Qaddi shamshodi xiromoningga qurbon oʻlam, yor,
Man sana qurbon oʻlam.
Ikki koʻzing ravshanu, shahdu shakar, shamʼi jamol,
Man dili xastaga rahm ayla bugun, koʻnglimni ol.
Qilma koʻp jabru sitam, qolmadi hech tobi majol,
Yo kelib, boshimni kes, qonimni toʻk, jonimni ol.
Man saning ul xanjari burroingga qurbon oʻlam,
Man sana qurbon oʻlam.
Tishlaring gavharu har bir suxaning obi hayot,
Gʻunchadek ikki labingdin toʻkilur qandu novot.
Yozilur sahfayi devoningga yuz ming hasanot,
Gul yuzingdin manga bir boʻsa berib ayla zakot.
Man sani roʻyi gulistoningga qurbon oʻlam, yor,
Man sana qurbon oʻlam.
Qoʻllaring panjayi xurshid, beling gʻunchamiyon,
Koʻylak ichra badaning sof erur obiravon.
Rahm qil, kel, mani ogʻushima ey, ofatijon,
Qaddi bastingga tasadduq bu Fuzuliy dema jon.
Siyayu sogfi shofobaxshingga qurbon oʻlam,
Man sana qurbon oʻlam.
Man sanga banda boʻlib, hatto gʻuloming boʻloyin,
Barq urib qoshingda parvonasifat oʻrgiloyin.
Manga zulm aylama, oʻshal yuzing koʻroyin,
Kulbayi hokingga siynamni qoʻyib jon beroyin.
Qaddi bastingga tasadduq bu Fuzuliy demakim,
Qaddi shamshodi xiromoningga qurbon oʻlam,
Man sana qurbon oʻlam,
Yor sana qurbon oʻlam.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!