🎵 Qoʻshiq matnlari

Muhriddin Xoliqov - Komila qiz

4.8K marta oʻqildi
Muhriddin Xoliqov - Komila qiz
Erkam, seni erkalayin, qochmagil,
Suluvsanki, sirlaring koʻp ochmagil. (x2)
Jilva bilan boqishlaring jonim oldi, jon oldi,
Kulib kiprik qoqishlaring yuragimga oʻt soldi.
Qizgʻaldogʻim, kel endi,
Yor-u jonim sen endi,
Komila qiz, bir umr
Dil-xumorim sen endi. (x2)
Erkam, seni erkalayin, qochmagil,
Suluvsanki, sirlaring koʻp ochmagil. (x2)
Binafshadek sen billur, yaralgansan mehrdan,
Qoʻshigʻim sal kechikdi, ranjimagin Muhrdan.
Orzu-umid qizisan, sen oq bulut qizisan,
Komila qiz, Komila, jonimni yolgʻizisan. (x2)
Qizgʻaldogʻim, kel endi,
Yor-u jonim sen endi,
Komila qiz, bir umr
Dil-xumorim sen endi. (x4)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!