🎵 Qoʻshiq matnlari

Ummon - Ertagimda

1.5K marta oʻqildi
Ummon - Ertagimda
Sen qora koʻzim, shirin soʻzim,
Shirin soʻzlaringga oshiq mana man oʻzim.
Havo-suvday sen menga kerak, yolgʻizim.
Tunda nur sochsa, agar quyosh,
Unda nurlaridan olgin huzur.
Agar yomgʻir yogʻsa yerdan osmonga,
Unda sen mening ertagimda boʻl.
Agar xohlasang bulutlardan
Qurib beraman uy, tomiga qadab gul.
Xohlasang dengizlar ustidan
Yuramiz piyoda, u yoqda.
Mening ertagimda, ha,
Quyosh tunda uyquga ham ketmaydi.
Mening ertagimda, ha,
Yulduzlarni ham qoʻl bilan ushlaydi.
Ertagimda, haa-a, haa-a, haa-a… (x2)
(Sen qora koʻzim, shirin soʻzim,
Shirin soʻzlaringga oshiq mana man oʻzim.
Havo-suvday sen menga kerak, yolgʻizim.)
Yursang izlaringdan oʻsar gullar,
Bitta daraxtda har xil mevalar.
Faqat sen bilan mening erkam,
Ertagimda birga boʻlgim kelar.
Agar xohlasang bulutlardan
Qurib beraman uy, tomiga qadab gul.
Xohlasang dengizlar ustidan
Yuramiz piyoda, u yoqda.
Mening ertagimda, ha,
Quyosh tunda uyquga ham ketmaydi.
Mening ertagimda, ha,
Yulduzlarni ham qoʻl bilan ushlaydi.
Ertagimda, haa-a, haa-a, haa-a… (x2)
Tunda nur sochsa, agar quyosh…
Agar xohlasang bulutlardan qurib beraman uy…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!