Sherali Joʻrayev - Gulbadan

Kuylarim yetgaymikan senga borib,
Tinglasa ketgaymikan toshlar erib,
Suhbatingdan bahra olsam oʻltirib,
Na boʻlar, na boʻlar
Kelsang quchogʻimgʻa kirib, Gulbadan?
Oy tiniq oydinda oydin oq yuzing,
Sharqiroq soydan-da shoʻxroqdir soʻzing,
Koʻzlarimga toʻtiyo bosgan izing,
Na boʻlar, na boʻlar
Kelsang quchogʻimgʻa oʻzing, Gulbadan?
Gulbadan, ey, Gulbadan,
Gulbadan, ey, Gulbadan,
Na boʻlar, na boʻlar
Kelsang quchogʻimgʻa oʻzing, Gulbadan?
Gulbadan, gul ham oʻzing, noz ham oʻzing,
Kuy-qoʻshiq, ohang oʻzing, soʻz ham oʻzing,
Tanda darmonim saningsiz yoʻqday,
Na boʻlar, na boʻlar
Jondek kirib kelsang oʻzing, Gulbadan?
Gulbadan, ey, Gulbadan,
Gulbadan, ey, Gulbadan,
Na boʻlar, na boʻlar
Kelsang quchogʻimgʻa oʻzing, Gulbadan?
Na boʻlar, na boʻlar
Kelsang quchogʻimgʻa oʻzing, Gulbadan?
Tinglasa ketgaymikan toshlar erib,
Suhbatingdan bahra olsam oʻltirib,
Na boʻlar, na boʻlar
Kelsang quchogʻimgʻa kirib, Gulbadan?
Oy tiniq oydinda oydin oq yuzing,
Sharqiroq soydan-da shoʻxroqdir soʻzing,
Koʻzlarimga toʻtiyo bosgan izing,
Na boʻlar, na boʻlar
Kelsang quchogʻimgʻa oʻzing, Gulbadan?
Gulbadan, ey, Gulbadan,
Gulbadan, ey, Gulbadan,
Na boʻlar, na boʻlar
Kelsang quchogʻimgʻa oʻzing, Gulbadan?
Gulbadan, gul ham oʻzing, noz ham oʻzing,
Kuy-qoʻshiq, ohang oʻzing, soʻz ham oʻzing,
Tanda darmonim saningsiz yoʻqday,
Na boʻlar, na boʻlar
Jondek kirib kelsang oʻzing, Gulbadan?
Gulbadan, ey, Gulbadan,
Gulbadan, ey, Gulbadan,
Na boʻlar, na boʻlar
Kelsang quchogʻimgʻa oʻzing, Gulbadan?
Na boʻlar, na boʻlar
Kelsang quchogʻimgʻa oʻzing, Gulbadan?
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!