🎵 Qoʻshiq matnlari

Kaniza - Hammasigayam

1.9K marta oʻqildi
Kaniza - Hammasigayam
Maning yorimdan koʻnglim qolsa-ya,
Baqir-baqirlab urushsa-ya,
Birontasi yonim olmasa,
Xafa boʻlaman-o hammasidanam. (x2)
Akasidanam, ukasidanam,
Amaki-yu pochcha, togʻasidanam! (x2)
Maning yorimning koʻngli gullasa,
Shaqir-shaqirlab kulib yursa,
Unga sababchi ular boʻlsa,
Xizmatidaman-o hammasiga-ya – (x2)
Akasiga ham, ukasiga ham,
Amaki-yu pochcha, togʻasiga ham! (x2)
Maning yorimni yoʻldan ursa-ya,
Aldab-aldab, qayrab olsa-ya,
Yomon koʻrinsa koʻzimga-ya,
Alam olaman-o hammasidanam. (x2)
Hey, akasini ham, hey, ukasini ham,
Hey, amaki-yu pochcha, togʻasini ham. (x2)
Qoʻshigʻimni aytib oʻynataman-a!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!