🎵 Qoʻshiq matnlari

Sharof Muqimov feat. Sevinch Moʻminova - Bu hayot

3.7K marta oʻqildi
Sharof Muqimov feat. Sevinch Moʻminova - Bu hayot
[Sharof Muqimov]
Bilaman, sening yuragingda menman,
Goʻzalim, seni qancha izlaganman,
Qalbim talpingan qalbingga.
[Sevinch Moʻminova]
“Sevaman, sen yagona sevgim, birsan,
Bu hayot sensiz kerak emas” deysan,
Nahot, baxtim topa oldim men?
[Sharof Muqimov & Sevinch Moʻminova]
Bu hayot sen bilan goʻzal, jonim,
Yulduzlar olib borsin sogʻinchim.
Bu dunyo maʼnosini angladim:
Bu taqdir seni menga atadi.
[Sevinch Moʻminova]
Har daqiqa xayolim sendadir,
Qayerdasan, holing ne kechadir?
Qalbim talpinar qalbingga.
[Sharof Muqimov]
Uzoqdami, yaqindami mayli,
Faqat birga, birga boʻlsak baxtli, jonim,
Sen-la yashayman men.
[Sharof Muqimov & Sevinch Moʻminova]
Bu hayot sen bilan goʻzal, jonim,
Yulduzlar olib borsin sogʻinchim.
Bu dunyo maʼnosini angladim:
Bu taqdir seni menga atadi.
[Sharof Muqimov]
Necha bor insonlar asrolmay oʻz baxtin,
Ozor berar nechun sevgan yuraklarga?
Farishtadek begʻubor qalbingni, jonim,
Avaylab qadrlayman, ishongin, sevgilim.
[Sharof Muqimov & Sevinch Moʻminova]
Bu hayot sen bilan goʻzal, jonim,
Yulduzlar olib borsin sogʻinchim.
Bu dunyo maʼnosini angladim:
Bu taqdir seni menga atadi.
Seni menga atadi…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!