🎵 Qoʻshiq matnlari

Eldido guruhi - Jonim seni

1.9K marta oʻqildi
Eldido guruhi - Jonim seni
Seni koʻrgan kundan beri tunlarim bedor,
Bora-bora men ovora, yoʻq menda mador.
Koʻzlaringni koʻrganimda koʻzimda quvonch,
Hayotimning mazmunisan, soʻzimga ishon.
Sevgim yagona, bir dona,
Man yona devonaman,
Yoningda boʻlsam ham, jonim,
Baribir senga begonaman.
Woow-ye-yeah, devonaman jonim,
Begonaman jonim.
Seni sevib, sevgi osmonida uchaman,
Jonim, sevib, sevgi ummonida suzaman,
Jonim, sening sevging menga darmon,
Orzuimsan, boʻlma armon, jonim.
Sening sevging menga darmon,
Orzuimsan, boʻlma armon, jonim.
Bu labingdagi xoling maftun etgan meni,
Shu soʻzingdagi boling majnun etgan meni.
Jonim, qaragin koʻzimga, borim, ishongin soʻzimga,
Seni jondan sevaman, yor boʻlgin oʻzimga.
Yorim boʻlsang, jonim boʻlsang,
Yuragimni senga baxsh etarman.
Sensiz dunyo tordir menga,
Bu dunyoda sensiz netarman?
Woow-ye-yeah, begonaman jonim,
Devonaman jonim.
Seni sevib, sevgi osmonida uchaman,
Jonim, sevib, sevgi ummonida suzaman,
Jonim, sening sevging menga darmon,
Orzuimsan, boʻlma armon, jonim.
Sening sevging menga darmon,
Orzuimsan, boʻlma armon, jonim. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!