🎵 Qoʻshiq matnlari

Bahrom Nazarov - Ayrildim

2.3K marta oʻqildi
Bahrom Nazarov - Ayrildim
Soyang edim, izlaringdan ayrildim,
Ayrildim, ayrildim sendan gulim.
Ne taqdirki, koʻzlaringdan ayrildim,
Ayrildim, ayrildim, ayro yoʻlim.
Hamroh endi xayollar,
Ertak endi visollar,
Chorlar boʻldi izlaring
Mensiz qaysi tomonlar? (x2)
Unutolmasam, koʻnikolmasam,
Bir seni desa yuragim.
Yoʻqotdim qay on, men bilmay xayron,
Sensizlik yomon, keragim, sevgilim.
Soyang edim, izlaringdan ayrildim,
Ayrildim, oh, ayrildim sendan gulim.
Ne taqdirki, koʻzlaringdan ayrildim,
Ayrildim, ayrildim, ayro yoʻlim.
Dard qoʻshildi dardimga,
Visoling nasib kimga?
Ayriliqning zarbidan
Kelolmayman oʻzimga. (x2)
Unutolmasam, koʻnikolmasam,
Bir seni desa yuragim.
Yoʻqotdim qay on, men bilmay xayron,
Sensizlik yomon, keragim, sevgilim.
Soyang edim, izlaringdan ayrildim,
Ayrildim, oh, ayrildim sendan gulim.
Ne taqdirki, koʻzlaringdan ayrildim,
Ayrildim, ayrildim, ayro yoʻlim.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!