🎵 Qoʻshiq matnlari

Ummon - Voz kechding

1 daqiqa 1.5K marta oʻqildi
Ummon - Voz kechding
U bilan ham bu bilan,
Yuraging hamma bilan.
Nega meni eslasang,
Yurak ezilar birdan?
Balki hayotingdagi
Birinchi insondirman,
Oxirgi boʻlolmadim,
Bunga sabab oʻzingsan.
Esimda oʻsha oqshom,
Yurak ezilar yomon,
Oʻzimga joy topolmay,
Toʻkildim boʻlib xazon.
Qanchalar kerak eding,
Qanchalar aziz eding,
Hammasi oʻtib ketdi,
Nega san qaytib kelding?
Ne istaydi yuraging,
Agar meni sevmasa?
Ne istaydi koʻzlaring,
Meni koʻrgisi kelmasa?
Esimdaku soʻzlaring,
“Meni tinch qoʻy” deganding.
Nega ketding yuraging
Mendan voz kecholmasa? (x2)
Voz kecholmasa, voz kecholmasa…
Ne istaydi yuraging
Agarda meni sevmasa?
Agarda meni demasa,
Hatto koʻrgisi ham kelmasa.
Hammasiga qoʻymoqdasan yana nuqta,
Men esa bir chetdan kuzataman,
Yolgʻonlaringga boʻlib iqror.
Yana shu yil birinchi bora yogʻganida qor,
Sen kelasan va birinchi muhabbatingligimni
Aytasan menga takror-takror.
Kechir, mani aybim – sani yuragingga birinchi boʻlib kirganim,
Kechir, mani aybim – san oʻzgalar bilan ketganing.
Kechir, mani aybim – manga yana qaytib kelganing,
Kechir, sani aybing – mandan voz kechib ketolmading.
Ne istaydi yuraging,
Agar meni sevmasa?
Ne istaydi koʻzlaring,
Meni koʻrgisi kelmasa?
Esimdaku soʻzlaring,
“Meni tinch qoʻy” deganding.
Nega ketding yuraging
Mendan voz kecholmasa? (x2)
Ne istaydi yuraging,
Agar meni sevmasa? (voz kecholmasa)
Ne istaydi koʻzlaring,
Meni koʻrgisi kelmasa? (voz kecholmasa)
Esimdaku soʻzlaring,
“Meni tinch qoʻygin” deganding.
Nega yana ayt, qaytib kelding?
Qaytib kelding…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!