🎵 Qoʻshiq matnlari

Ummon - Qanday unutding

1 daqiqa 2.3K marta oʻqildi
Ummon - Qanday unutding
Qaylardasan? Kimlar bilan?
Yomgʻirlardan soʻrayman seni.
Lekin netay, javob yoʻq, yoʻq, yoʻq,
Netay, sevgilim mening yoʻq, yoʻq, yoʻq?
Meni unutdi, lekin
Unutolmasdan qanday yashay?
Qanday unutding, nega jimsan, ayt?
Nega jimsan, ayt? Menga ham oʻrgat!
Qanday unutding, nega jimsan, ayt?
Nega jimsan, ayt? Menga ham oʻrgat!
Menga ham oʻrgat!
Bilmas edim bir kun kelib,
Seni boylik olib ketar deb.
Unutilmas bu koʻzlaring,
Unutilmas qarashlaring,
Meni sogʻinchlar qamrab oldi, uo-uo-o.
Qanday unutding, nega jimsan, ayt?
Nega jimsan, ayt? Menga ham oʻrgat!
Qanday unutding, nega jimsan, ayt?
Nega jimsan, ayt? Menga ham oʻrgat!
Menga ham oʻrgat!
Kecha yomgʻir yogʻdi maydalab,
Esingdami, tanishgandik yomgʻirlar boʻlib sabab.
Seni ilk bor koʻrganimda kiyimlaring xoʻl edi,
Bilmadim, negadir kayfiyating yoʻq edi.
Yoningga borib, soyabonimni berdim,
Ozgina boʻlsa ham, koʻnglingni ola bildim.
Hazil-huzullar bilan uyingga yetgan edik,
Iliq xayrlashib, uyimga ketgan edim.
Mani sevishga oʻrgatding, ayt, netaman?
Hammasi yaxshi edi, lekin ketasan.
Aqlimga sigʻmayapti sani yoʻqotganim,
Aqlimga sigʻmayapti qanday sensiz yashashim.
Qandayin, ayt, nahotki unutding,
Nahotki, oramizdagi aloqalarni uzding?
Nimalarga berilding, kimlar bilan ovunding?
Menga ham oʻrgat, qanday qilib?
Qanday unutding, (qanday unutding)
Nega jimsan, ayt? (nega jimsan, ayt)
Nega jimsan, ayt? (nega jimsan, ayt)
Menga ham oʻrgat! (x2)
Menga ham oʻrgat!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!