🎵 Qoʻshiq matnlari

Gʻulomjon Yoqubov - Qalbimni qaytar

2.1K marta oʻqildi
Gʻulomjon Yoqubov - Qalbimni qaytar
Sen ketding kuzda, qoldim kuzatib,
Yolgʻiz bir oʻzim, (x2)
Omon qayt dedim, qoʻlim uzatib,
Koʻzingda koʻzim.
Oʻzim qoldimu,
Yuragim saning izmingda ketdi, (x2)
Orzu-umidim,
Tilagim saning koʻzingda ketdi.
Qaytar chogʻingni kutdim intizor,
Koʻzim toʻrt boʻlib, koʻzim toʻrt boʻlib.
Shahardan qaytding, shahardan qaytding,
Ayni navbahor, diling yot boʻlib,
Qalbing yot boʻlib.
Oʻzing oʻsha-yu, koʻzing oʻsha-yu,
Yuraging boshqa,
Qalbingga asta nazar solsam,
Oʻxshaydi toshga.
Lekin sen mening, lekin sen mening
Qalbimni qaytar, qaytar oʻzimga,
Qaytar oʻzimga.
Soʻngra koʻrinma, ey sevgi sotar,
Zinhor koʻzimga.
Qalbimni qaytar, qaytar oʻzimga,
Qaytar oʻzimga…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!