🎵 Qoʻshiq matnlari

Nasiba Abdullaeva - Eslanar

2.4K marta oʻqildi
Nasiba Abdullaeva - Eslanar
Oʻtib borar damlarimiz,
Qadrimiz bor etgan.
Oʻchib borar shamlarimiz,
Qalbimiz yoritgan.
Eslanar yoshligimiz,
Sodda beboshligimiz,
Toʻlgan kabi olam gulga,
Kuy kelar dilga. (x2)
Toma-toma koʻz yoshimiz
Sinaydi bardoshimiz,
Toma-toma koʻz yoshimiz
Poklar qalb quyoshimiz.
Toma-toma koʻz yoshimiz
Qorga koʻmar boshimiz,
Toma-toma koʻz yoshimiz
Oʻlchar yoshimiz.
Gohi toʻlar koʻzga yoshlar,
Izlaymiz armonni.
Tegib ketsa dilga toshlar,
Istaymiz darmonni.
Eslanar armonimiz,
Past-baland imkonimiz.
Aylangandek tomchi durga,
Dil toʻlar nurga. (x2)
Toma-toma koʻz yoshimiz
Sinaydi bardoshimiz,
Toma-toma koʻz yoshimiz
Poklar qalb quyoshimiz.
Toma-toma koʻz yoshimiz
Qorga koʻmar boshimiz,
Toma-toma koʻz yoshimiz
Oʻlchar yoshimiz. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!