Ummon - Ona

Faryod urar bugun ona,
Eshitmaydi lekin bola.
Onaizor farzandidan
Najot kutar yana-yana.
Ona deydi farzandiga:
“Mehringga zor-intizorman.
Otang meni koʻp xoʻrlagan,
Yolgʻiz sendan umidvorman”.
Ona soʻzda davom etarkan:
“Otang bergan azoblardan
Yonib-yonib kul boʻlardim,
Beshik quchib toʻyib-toʻyib,
Seni hidlab ovunardim”.
“Koʻzchalaring menga boqsa,
Dardim senga aytar edim.
Lekin bolam azobingdan
Bugun menga qilar alam”.
Ona faryod urarkan,
Bola yuzin burarkan.
Yordan koʻrmagan baxtin
Farzandidan kutarkan.
Ona tinmay hech bir pas
Umid qilar har nafas,
Lekin aslo bilmas ekan
Farzand degan u nokas.
Yigʻlar ona tunlar bedor,
Orzulari boʻlib sarob.
Tun qoʻynida farzand beor
Qaytar uyga ichib sharob.
Ona deydi farzandiga:
“Sen emasmu menga oftob?
Muzlayabman boʻlib iqror,
Asli farzand nomi azob”.
Ona soʻzda davom etarkan:
“Bir paytlar otang ursa,
Taskin boʻlgan sen borliging.
Murgʻak qalbing urib tursa,
Unut boʻlgan ul xorligim”.
“Bu olamda yolgʻiz oʻzim
Qolib ketdim hech kimsasiz,
Umidvorman hamon sendan,
Eh, toshbagʻir bolam, essiz”.
Ona faryod urarkan,
Bola yuzin burarkan.
Yordan koʻrmagan baxtin
Farzandidan kutarkan.
Ona tinmay hech bir pas
Umid qilar har nafas,
Lekin aslo bilmas ekan
Farzand degan u nokas.
Eshitmaydi lekin bola.
Onaizor farzandidan
Najot kutar yana-yana.
Ona deydi farzandiga:
“Mehringga zor-intizorman.
Otang meni koʻp xoʻrlagan,
Yolgʻiz sendan umidvorman”.
Ona soʻzda davom etarkan:
“Otang bergan azoblardan
Yonib-yonib kul boʻlardim,
Beshik quchib toʻyib-toʻyib,
Seni hidlab ovunardim”.
“Koʻzchalaring menga boqsa,
Dardim senga aytar edim.
Lekin bolam azobingdan
Bugun menga qilar alam”.
Ona faryod urarkan,
Bola yuzin burarkan.
Yordan koʻrmagan baxtin
Farzandidan kutarkan.
Ona tinmay hech bir pas
Umid qilar har nafas,
Lekin aslo bilmas ekan
Farzand degan u nokas.
Yigʻlar ona tunlar bedor,
Orzulari boʻlib sarob.
Tun qoʻynida farzand beor
Qaytar uyga ichib sharob.
Ona deydi farzandiga:
“Sen emasmu menga oftob?
Muzlayabman boʻlib iqror,
Asli farzand nomi azob”.
Ona soʻzda davom etarkan:
“Bir paytlar otang ursa,
Taskin boʻlgan sen borliging.
Murgʻak qalbing urib tursa,
Unut boʻlgan ul xorligim”.
“Bu olamda yolgʻiz oʻzim
Qolib ketdim hech kimsasiz,
Umidvorman hamon sendan,
Eh, toshbagʻir bolam, essiz”.
Ona faryod urarkan,
Bola yuzin burarkan.
Yordan koʻrmagan baxtin
Farzandidan kutarkan.
Ona tinmay hech bir pas
Umid qilar har nafas,
Lekin aslo bilmas ekan
Farzand degan u nokas.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!