Manzura - Vatan

Ona yurtim Oʻzbekiston – qutlug’ makonim,
Kelajagi tonglar kabi yorug’ makonim.
Bu dunyoda nima bordir sendan muqaddas?
Olam aro yagonasan ulug’ makonim.
Koʻkka tutash azim togʻlar koʻksing tumori,
Zilol suving har tomchisi jonim madori.
Quchogʻingdan ayro tushsam nogoh bir nafas,
Jannat ifor havolaring tutgay xumori.
Diyorim, borligʻing buncha saboli – yoʻqdir takrori.
(Hey) Qalbimda shijoat, shahdim bor mening,
Yurtimga sadoqat, ahdim bor mening.
Agar bir kuningga yaray olsam Vatan,
Bagʻringda adoqsiz baxtim bor mening. (x2)
Necha yillar sinovidan oʻtding bosh egmay,
Maqsadga hech yetib boʻlmas mashaqqat chekmay.
Quvonching-u zahmatingni koʻrgaymiz baham,
Oriyatli farzandlaring xizmatingga shay.
Buyuklarga izdosh har oʻgʻil-qizing, xizmatingga shay.

Bagʻringda adoqsiz baxtim bor mening. (x4)

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!