🎵 Qoʻshiq matnlari

Gʻanisher Abdullayev - Qayda eding

2K marta oʻqildi
Gʻanisher Abdullayev - Qayda eding
Muhabbatim zorlanganda qayda eding,
Yurakkinam xoʻrlanganda qayda eding?
Boshim ne kunlarni koʻrdi, Xudo guvoh,
Dushmanlarim kulganida oyda eding. (x2)
Baxtim quchoq ochganida keldingmi yor,
Quyoshim nur sochganida keldingmi yor?
Bir ogʻiz shirin soʻzga zor yarim koʻnglim
Yigʻlaganda, yigʻlatgan ul mayda eding.
Jon oluvchi nigohingdan yor qoʻrqaman,
Tinch qoʻy meni iltimos, bor qoʻrqaman.
Men fidoyi oshiqlarning gadosiman,
Mehrga zor yurganimda qayda eding?
Muhabbatim zorlanganda qayda eding,
Yurakkinam xoʻrlanganda qayda eding?
Boshim ne kunlarni koʻrdi, Xudo guvoh,
Dushmanlarim kulganida oyda eding. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!