🎵 Qoʻshiq matnlari

Nuriddin Haydarov - Arazlama

3K marta oʻqildi
Nuriddin Haydarov - Arazlama
Oʻtayotib, bagʻrim kuyib,
Derazangga boʻylayman.
Majnuntolni quchib, unga
Dardlarimni soʻylayman.
Novdalarni emas, zora
Sochlaringni oʻynasam,
Rahmim kelar, uyda yolgʻiz
Yotganingni oʻylasam.
Arazlama, jonim, arazlama,
Arazlama, jonim, arazlama! (x2)
Balki, jonim, gul kerakdir,
Olaqolgin gulimni,
Balki, jonim, dil kerakdir,
Olaqolgin dilimni.
Atirgulni hidlagayman
Toʻzitmasdan, uzmasdan,
Goʻyo seni oʻpganimdek,
Oromingni buzmasdan.
Arazlama, jonim, arazlama,
Arazlama, jonim, arazlama! (x3)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!