🎵 Qoʻshiq matnlari

Hilola Hamidova - Araz

1 daqiqa 1.3K marta oʻqildi
Hilola Hamidova - Araz
Sizni oʻyladim, shirin soʻzladim,
Nega sochingizni kesdingiz, man tushunmadim?
Mandan soʻramay, koʻngil soʻramay,
Yuribsizda bemalol, roʻmol oʻramay.
Ey, sochingiz yoqardi, suvdek oqardi,
Bilsangiz shu sochlar manga yoqardi.
Bahona topmang, boshqa urinmang,
Sochingiz oʻsmaguncha-ey manga koʻrinmang!
E, bahona topmang, boshqa urinmang,
Sochingiz oʻsmaguncha-ey manga koʻrinmang!
Bekor boʻpti-ey, bekor boʻpti-yey,
Uzun sochlar-ey uvol boʻpti-ya.
Bekor boʻpti-ey, bekor boʻpti-yey,
Shunday sochlar-ey uvol bopti-yey.
Oʻzimga ozgina boqayin debman-ey,
Ranjimang, man sizga yoqayin debman. (x2)
Boshqalar kesganda nega man kesmay-ey?
Bugun man yoningizga bekorga kelibman.
Boshqalar kesganda nega man kesmay-ey?
Oʻzi man yoningizga bekorga kelibman.
Ajab boʻpti-ya, ajab boʻpti-ya,
Sochim yoqmasa-ya, ajab boʻpti-ya.
Voy, ajab boʻpti-ya, ajab boʻpti-ya,
Sochim yoqmasa-yey, ajab boʻpti-ya.
Sochingiz oʻzi yaxshidi,
Oy yuzingiz naqshiydi. (x2)
Endi sizga qarasam-ey,
Mani jonim qaqshiydi. (x2)
Yomon boʻpti-ye, yomon boʻpti-ya,
Uzun sochlar-a tamom boʻpti-ya.
Yomon boʻpti-ye, yomon boʻpti-ya,
Shunday sochlar-ey tamom boʻpti-ya.
Buni zamon deydilar, shunday udum kezganda,
Man bechora na qilay, hamma shunday kesganda.
Hozir shunday tarashgan, havas bilan qarashgan,
Oʻzingiz koʻrib turibsiz, manga juda yarashgan.
Ne tilagingiz bor manda, tushunmaysiz chamamda,
Axir sizga yoqqani urinamanda. (x2)
Ajab boʻpti-ya, ajab boʻpti-ya,
Sochim yoqmasa-ya, ajab boʻpti-ya.
Voy, ajab boʻpti-ya, ajab boʻpti-ya,
Sochim yoqmasa-yey, ajab boʻpti-ya.
Ajab boʻpti-ya, ajab boʻpti-ya,
Ajab boʻpti-ya…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!