🎵 Qoʻshiq matnlari

Mansurxon Nurmatov - Gullar arosindasan

1.8K marta oʻqildi
Mansurxon Nurmatov - Gullar arosindasan
Men senga gul teray desam,
Gullar arosindasan.
Men senga dil beray desam,
Dillar arosindasan. (x2)
Men tomonga kelar desam,
Kundami yo oyda bir,
Sogʻinchlarga solib meni,
Yillar arosindasan. (x2)
Gullar arosindasan,
Dillar arosindasan,
Sogʻinchlarga solib meni,
Yillar arosindasan. (x2)
Seni pari, paykar dedim,
Ham samodagi malak.
Barchasidan goʻzal boʻlib,
Hurlar arosindasan. (x2)
Izlaringni kezib-kezib,
Topmadim yeru koʻkdan,
Ayonki, ummon tubida
Durlar arosindasan. (x2)
Hurlar arosindasan,
Durlar arosindasan,
Sogʻinchlarga solib meni,
Yillar arosindasan. (x2)
Oyu quyosh jamolingdan
Olgani rost taftini,
Boqsam koʻzni qamashtirar,
Nurlar arosindasan. (x2)
Oshiq ahli magʻrur oʻlmas,
Oshiqlik – qullik erur.
Quling botir desam, minglab
Koʻllar arosindasan. (x2)
Nurlar arosindasan,
Durlar arosindasan,
Sogʻinchlarga solib meni,
Yillar arosindasan. (x4)
Sogʻinchlarga solib meni,
Gullar arosindasan.
Read more: https://uz.lyricsus.com/mansurxon-nurmatov/gullar-arosindasan/
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!