🎵 Qoʻshiq matnlari

Muzaffar Abduazimov - Kishmishim

2.2K marta oʻqildi
Muzaffar Abduazimov - Kishmishim
Olmalarga oʻxshataman yuzingni,
Charoslarga oʻxshataman koʻzingni. (x2)
Jonim, lablaringni qip-qizil gilos,
Novvotlarga oʻxshataman soʻzingni. (x2)
Yoʻqdir mani oʻzga yor bilan ishim,
Oʻzingdirsan mani tillo kishmishim. (x2)
Yoʻqdir yer yuzinda husning qiyosi,
Janonlar ishvasining qoshi-yosi. (x2)
Malak erur Ovroʻpa-Osiyosi,
Ammo yoʻq mendan oʻtgan mahliyosi. (x2)
Yoʻqdir mani oʻzga yor bilan ishim,
Oʻzingdirsan mani tillo kishmishim. (x2)
Boqqa kirsang, tovuslar lol qolurlar,
Hirom etib, sunbullar lol qolurlar.
Gullar bari uyalib-o qolurlar,
Bulbullar sayrashib, xushhol qolurlar.
Gullar bari uyalib-o qolurlar,
Bulbullar sayrashib, xushhol qolurlar.
Yoʻqdir mani oʻzga yor bilan ishim,
Oʻzingdirsan mani tillo kishmishim. (x2)
Koʻnglim olgan anorimsan, yorimsan,
Bogʻlarda anjirim, shox suvorimsan. (x2)
Bir dona uzuksan, dilda borimsan,
Jafo qilma, san kerakli yorimsan. (x2)
Oshiq Erkin, budur chin farmoyishim,
Oʻzingdirsan mani tillo kishmishim. (x2)
Oʻzingdirsan mani tillo kishmishim… (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!