🎵 Qoʻshiq matnlari

Feruza Egamova - Oʻsma

1.5K marta oʻqildi
Feruza Egamova - Oʻsma
Oʻsma ekilmadimi,
Tagi chopilmadimi? (x2)
Uylanmading, uylanmading,
Qizlar topilmadimi? (x2)
Gʻuncha ochilsa boʻldi,
Gul boʻladi debsanda.
San yomondan ayrilsam,
Zoʻr keladi debsanda.
Yomon boʻlsam yonimda
Yurganing nimasi?
Har qadamda gul otib,
Turganing nimasi?
Oʻsma ekilmadimi,
Tagi chopilmadimi? (x2)
Uylanmading, uylanmading,
Qizlar topilmadimi? (x2)
Anor siqding, bir yayrab,
Suvidan ichay endi.
Sogʻinganman arazning
Bandini yechay endi. (x2)
Oʻsma ekilmadimi,
Tagi chopilmadimi? (x2)
Uylanmading, uylanmading,
Qizlar topilmadimi? (x2)
Boʻldi mani oʻylama,
Tutar sevgi xumori.
Agar yorim boʻlsangda,
Man koʻksingning tumori.
Olib yurgin erkalab,
Choy uzatay ertalab.
Baxtiyor qilgin mani,
Turay yoningda gullab.
Oʻsma ekilmadimi,
Tagi chopilmadimi? (x2)
Uylanmading, uylanmading,
Qizlar topilmadimi? (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!