🎵 Qoʻshiq matnlari

Surxon guruhi - Sumalak

2.4K marta oʻqildi
Surxon guruhi - Sumalak
Bahor shamoli yelib,
Navroʻzoy kelib qoldi. (x2)
Doshqozonda sumalak
Vaqirlab pishib qoldi. (x2)
Vaqir-vuqur, vuqur-vuqur,
Vaqir-vuqur, vuqur-vuqur.
Laqala-laqala, laqala-laqala,
Vaqir-vuqur, vuqur-vuqur.
Dehqonning zoʻr gʻayrati,
Uygʻonadi nahordan. (x2)
Hosilining choʻgʻi ham
Darak berar bahordan. (x2)
Oʻngga qarab oʻynagin,
Chapga qarab oʻynagin,
Oʻyiningdan zavq olsin,
Elga qarab oʻynagin.
Belni mahkam boylagil,
Yelkangga ketmon taylagil. (x2)
Tushlik uchun noningni
Tuguningga joylagil. (x2)
Oʻtinni sindir qarso-qurs,
Olov yonsin charso-churs,
Kelgin, chetda turmagin,
Oʻyinga tushgin tarso-turs.
Se malakdan siylagan,
Sumalaklar pishirgan,
Duosin ol buvingni,
Sabzaga sep suvingni.
Oʻynagin-o, oʻynagin,
Joʻshib-a, joʻshib oʻynagin.
Yurtimiz bayramida
Zavqdan toʻlib oʻynagin.
Yurtimiz bayramida
Zavqdan toʻlib oʻynagin.
Bahor shamoli yelib,
Navroʻzoy kelib qoldi. (x2)
Doshqozonda sumalak
Vaqirlab pishib qoldi. (x2)
Vaqir-vuqur, vuqur-vuqur,
Vaqir-vuqur, vuqur-vuqur.
Laqala-laqala, laqala-laqala,
Vaqir-vuqur, vuqur-vuqur.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!