Shohjahon Joʻraev - Ado boʻldi

Seni sevib topganlarim jafo boʻldi,
Yollarimning koʻrgani kayf safo boʻldi.
Bilolmadim, sen qandayin kuyyabsan,
Mening bagʻrim kuyib bitdi, ado boʻldi.
Orzu deya, armonlarni quchdimmi men?
Bir lahzada poyingga choʻk tushdimmi men?
Koʻzu, qoshu kiprigingga uchdimmi men?
Sendan na bir taskin, na bir sado boʻldi.
Ado boʻldi, ado boʻldi, ado boʻldi,
Sendan na bir taskin, na bir sado boʻldi.
Ado boʻldi, ado boʻldi, ado boʻldi,
Mening bagʻrim kuyib bitdi, ado boʻldi.
Yurmaymanmi erkalab hur ilonlarni,
Yuragimga bosib qotil chayonlarni?
Koʻrmas edim bu kunni, bu hijronlarni,
Toʻrt tomonim faryod toʻla nido boʻldi.
Sen zebu zar ogʻushida mastsan bugun,
Eh, shunchalar bedor, shuncha pastsan bugun.
Men sevgan qiz senmas, sen bir xassan bugun,
Endi mening yorim yolgʻiz Xudo boʻldi.
Kim qoʻyibdi men bir xofiz bolasiga,
Dil bermoqni boyning guli, lolasiga.
Teng koʻrmading sochingning bir tolasiga,
Teng koʻrganing osmon boʻldi, samo boʻldi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!