🎵 Qoʻshiq matnlari

Akbar - Soʻyla majnuntol

1.7K marta oʻqildi
Akbar - Soʻyla majnuntol
Qubbon sohilida qomating bukib,
Oltin barglaringni koʻl uzra toʻkib,
Nimalar haqida surasan xayol,
Soʻyla majnuntol, soʻyla majnuntol?
Yo tongda bir goʻzal chiqdimi suvga,
Nigohing tushdimi koʻzi ohuga?
Seni band etdimu labidagi xol,
Soʻyla majnuntol, soʻyla majnuntol?
Biz oʻsha majnuntol, majnuntolman,
Majnuntol, majnuntolsan.
Biz oʻsha majnuntol, majnuntolman,
(Jondan sevar edi bir-birin ular)
Majnuntol, majnuntolsan.
(Qalbda toʻliq edi shirin orzular)
Biz oʻsha majnuntol, majnuntolman,
(Bu bir sevgi edi, ulug’ barkamol)
Majnuntol, majnuntolsan.
(Xayr, xush qol…)
Tunda oy aksini koʻrdingmi suvda?
Balki izlaysan uni behuda.
Yoʻqsa nega maʼyus koʻrinding, ne hol,
Soʻyla majnuntol, soʻyla majnuntol.
Biz oʻsha majnuntol, majnuntolman,
Majnuntol, majnuntolsan.
Biz oʻsha majnuntol, majnuntolman,
(Jondan sevar edi bir-birin ular)
Majnuntol, majnuntolsan.
(Qalbda toʻliq edi shirin orzular)
Biz oʻsha majnuntol, majnuntolman,
(Bu bir sevgi edi, ulug’ barkamol)
Majnuntol, majnuntolsan.
(Xayr, xush qol…)
Bir kecha soʻnggi bor uchrashdi ular,
Shu kecha aytilgan alamli soʻzlar.
Bu bir sevgi edi, ulug’ barkamol,
Ketdi uvol, uvol…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!