Sevara Nazarkhan - Orzuim

Ushalgan pok orzuim mening,
Qalbingizga jim ketaman men.
Siz eng yorug’ koʻzguyim mening,
Sevgim sizda aks etaman men.
Koʻngilda ishq, duoda qoʻllar,
Buncha soʻlim, oydin bu yoʻllar?
Rang talashsa chamanda gullar,
Bahor bilan bahs etaman men.
Qaylargadir shoshganingizda,
Sogʻinch boʻlar koʻnglimga malham.
Bir lahzaga tark etsangiz ham,
Asrga teng dard yutaman men.
Ming shukur, mehringiz bagʻrimda,
Hijron yoʻli bizdan narida.
Sogʻinchingiz sahnalarida
Bir siz uchun raqs etaman men.
Yogʻdularga nahorday toʻlib,
Qalbingizda bahorday kulib,
Faqat sizning gulingiz,
Sizning gulingiz boʻlib,
Faqat sizga gul tutaman men.
Asalimiz va qandlarimiz,
Omon boʻling dilbandlarimiz.
Sizdan aziz farzandlar,
Aziz farzandlarimiz,
Ikkimizga baxt kutaman men.
Tugunlarni yecholmay qolsam,
Daryolarni kecholmay qolsam,
Yoki qushday ucholmay qolsam,
Qanotimsiz, shahdimsiz mening.
Qoʻlim dedim qoʻllaringizni,
Yoʻlim dedim yoʻllaringizni,
Alishmasman hech taxtga sizni,
Bebahoyim, taxtimsiz mening.
Siz borsiz – qaygʻular yiroqday,
Manzillar ham yoʻllar ham oqday,
Ildiziga sodiq tuproqday,
Bir umrlik ahdimsiz mening.
Muhabbatsiz dunyo ayanchli,
Oilamiz togʻi, tayanchi,
Siz bir umr mening suyanchim,
Hayotimsiz, baxtimsiz mening.
Yogʻdularga nahorday toʻlib,
Qalbingizda bahorday kulib,
Faqat sizning gulingiz,
Sizning gulingiz boʻlib,
Faqat sizga gul tutaman men.
Asalimiz va qandlarimiz,
Omon boʻling dilbandlarimiz.
Sizdan aziz farzandlar,
Aziz farzandlarimiz,
Ikkimizga baxt kutaman men. (x2)
Ushalgan pok orzuim mening,
Qalbingizga jim ketaman men.
Siz eng yorug’ koʻzguyim mening,
Sevgim sizda aks etaman men.
Koʻngilda ishq, duoda qoʻllar,
Buncha soʻlim, oydin bu yoʻllar?
Rang talashsa chamanda gullar,
Bahor bilan bahs etaman men.
Qalbingizga jim ketaman men.
Siz eng yorug’ koʻzguyim mening,
Sevgim sizda aks etaman men.
Koʻngilda ishq, duoda qoʻllar,
Buncha soʻlim, oydin bu yoʻllar?
Rang talashsa chamanda gullar,
Bahor bilan bahs etaman men.
Qaylargadir shoshganingizda,
Sogʻinch boʻlar koʻnglimga malham.
Bir lahzaga tark etsangiz ham,
Asrga teng dard yutaman men.
Ming shukur, mehringiz bagʻrimda,
Hijron yoʻli bizdan narida.
Sogʻinchingiz sahnalarida
Bir siz uchun raqs etaman men.
Yogʻdularga nahorday toʻlib,
Qalbingizda bahorday kulib,
Faqat sizning gulingiz,
Sizning gulingiz boʻlib,
Faqat sizga gul tutaman men.
Asalimiz va qandlarimiz,
Omon boʻling dilbandlarimiz.
Sizdan aziz farzandlar,
Aziz farzandlarimiz,
Ikkimizga baxt kutaman men.
Tugunlarni yecholmay qolsam,
Daryolarni kecholmay qolsam,
Yoki qushday ucholmay qolsam,
Qanotimsiz, shahdimsiz mening.
Qoʻlim dedim qoʻllaringizni,
Yoʻlim dedim yoʻllaringizni,
Alishmasman hech taxtga sizni,
Bebahoyim, taxtimsiz mening.
Siz borsiz – qaygʻular yiroqday,
Manzillar ham yoʻllar ham oqday,
Ildiziga sodiq tuproqday,
Bir umrlik ahdimsiz mening.
Muhabbatsiz dunyo ayanchli,
Oilamiz togʻi, tayanchi,
Siz bir umr mening suyanchim,
Hayotimsiz, baxtimsiz mening.
Yogʻdularga nahorday toʻlib,
Qalbingizda bahorday kulib,
Faqat sizning gulingiz,
Sizning gulingiz boʻlib,
Faqat sizga gul tutaman men.
Asalimiz va qandlarimiz,
Omon boʻling dilbandlarimiz.
Sizdan aziz farzandlar,
Aziz farzandlarimiz,
Ikkimizga baxt kutaman men. (x2)
Ushalgan pok orzuim mening,
Qalbingizga jim ketaman men.
Siz eng yorug’ koʻzguyim mening,
Sevgim sizda aks etaman men.
Koʻngilda ishq, duoda qoʻllar,
Buncha soʻlim, oydin bu yoʻllar?
Rang talashsa chamanda gullar,
Bahor bilan bahs etaman men.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!