🎵 Qoʻshiq matnlari

Rayhon - Yonimda boʻlsang

1.8K marta oʻqildi
Rayhon - Yonimda boʻlsang
Yulduzlari toʻkilib qolgan
Osmoningni yoritay,
Ming bir kecha sevgi haqida
Ertaklarni aytay.
Oq kemada dengizlarni
Oshib kelgin men tomonga,
Nigohlarim aldamas,
Koʻzlarimga ishon.
Gar sen yonimda boʻlmasang,
Agar sen yonimda boʻlmasang,
Kerak emas menga dunyo,
Yulduzlarsiz nurli samo.
Gar sen yonimda boʻlsang,
Agar sen yonimda boʻlsang,
Doim baxtni his qilaman,
Muhabbat neligin bilaman.
Sening har bir tabassumingga
Hayotimni baxsh etay,
Gullar ochgan bahorlarga
Men seni olib ketay.
Bu dunyoda baxtimni men
Koʻzlaringda koʻrdim faqat,
Qalbimdagi bu tuygʻu
Atalar muhabbat.
Gar sen yonimda boʻlmasang,
Agar sen yonimda boʻlmasang,
Kerak emas menga dunyo,
Yulduzlarsiz nurli samo.
Gar sen yonimda boʻlsang,
Agar sen yonimda boʻlsang,
Doim baxtni his qilaman,
Muhabbat neligin bilaman. (x1+x1)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!