🎵 Qoʻshiq matnlari

Hosila Rahimova - Qurya-qur

1.9K marta oʻqildi
Hosila Rahimova - Qurya-qur
Qoʻltigʻida qirq qarichli qanoti,
Ey jonivor, oʻzbekning xonazoti,
Senga jetsin Barchinning arzi-dodi,
Qurya-qur, hayt-a toʻramning oti.
Oʻzbeklarning oti doim birinchi,
Poygada oʻzganing joʻqdir ilinji,
Boychibor qarchigʻay qushday koʻrinchi-ey,
Qurya-qur, hayt-a toʻramning oti,
Qurya-qur, hayt-a begimning oti. (x2)
Oh urib, jilaydi mendayin sanam,
Vayrona boʻlmasin kulbayi-xonam, (x2)
Qalmoqda qolmasin guldayin tenam,
Qurya-qur, hayt-a toʻramning oti. (x2)
Tuyogʻingni mehrim bilan juvayin,
Oʻlgunimcha sayising boʻp jurayin,
Bir intilgin, zoʻrligingni koʻrayin-ey,
Qurya-qur, hayt-a toʻramning oti,
Qurya-qur, hayt-a begimning oti. (x2)
Nomus uchun chopsang tuyoq tilinar,
Poygani zahmati joʻldan bilinar, (x2)
Orkashliging, jonivor, bugun bilinar,
Qurya-qur, hayt-a toʻramning oti. (x2)
Bir kishnading, dunyo charaqlab ketdi,
Ena jurtning mehri jaraqlab ketdi,
Bir silkinib, tulpor marraga jetdi-ya,
Qurya-qur, hayt-a toʻramning oti,
Qurya-qur, hayt-a begimning oti. (x2)
Dunyo emas, ot jigitga vafodor,
Alpomishga qanot boʻlgan Boychibor!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!