🎵 Qoʻshiq matnlari

Dildora Niyozova - Roʻmolim

1.8K marta oʻqildi
Dildora Niyozova - Roʻmolim
Daryolarning boʻylarida bir tup chinor-a,
Bir tup chinor taglarida koʻzi xumor-a.
Koʻzi xumor koʻzlariga koʻzlar tegmasin,
Koʻzmunchogʻim taqib qoʻyay, boʻlsin tumor-a.
Daryolarning sohilida qoldi roʻmolim,
Roʻmolimning uchlarida jonu-jahonim.
Sizni sevmoq, sizga kuymoq taqdir azaldir,
Yoʻllaringiz chaqir ekan – tildi tovonim.
Daryolarning ul yuzida uchar oʻrdaklar,
Bir-birovin quvalashib suzar oʻrdaklar.
Bugun sizni koʻrmasam devonadurman,
Qadim-qadim qoʻrgʻonidan koʻchar yuraklar.
Daryolarning sohilida qoldi roʻmolim,
Roʻmolimning uchlarida jonu-jahonim.
Sizni sevmoq, sizga kuymoq taqdir azaldir,
Yoʻllaringiz chaqir ekan – tildi tovonim.
Daryo dilin jimirlatgan togʻlarning qori,
Yigitni ham, suluvni ham oʻldirur ori.
Ori yoʻqqa oshno boʻlib, ordan ayrildim,
Bunchalar ham dushvor ekan dunyoning kori.
Daryolarning sohilida qoldi roʻmolim,
Roʻmolimning uchlarida jonu-jahonim.
Sizni sevmoq, sizga kuymoq taqdir azaldir,
Yoʻllaringiz chaqir ekan – tildi tovonim. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!