Yulduz Usmonova - Soʻroq qilaverma

Soʻroq qilaverma bosgan qadamim,
Toptayverma gʻayur koʻngil chamanim.
Menga hokim faqat Ollohu Karim,
Senga nima kulsammi yo yigʻlasam? (x2)
Kaftingga toʻkilmas koʻzimdagi yosh,
Men koʻngil quliman, olovman bebosh.
Boshingga tushmaydi menga yoqqan tosh,
Panoh boʻlmaysanku panoh izlasam. (x2)
Tegma meni, suyma meni,
Oʻz holimga qoʻy meni.
Tegma meni, suyma meni,
Oʻz holimga qoʻy meni. (x2)
Bu til menikidir xohlaganin der,
Gunoh-savobimni menga qoʻyib ber.
Senda gunoh yoʻqmi, bor tavbangni qil,
Menga osilmasdan sen oʻzingni bil. (x2)
Istasam koʻnglimni soyga otaman,
Istasam oy boʻlib yerga botaman.
Unutma, men ham bir ojiz bandaman,
Farishta boʻlardim gunoh qilmasam. (x2)
Tegma meni, suyma meni,
Oʻz holimga qoʻy meni.
Tegma meni, suyma meni,
Oʻz holimga qoʻy meni. (x2+x2)
Toptayverma gʻayur koʻngil chamanim.
Menga hokim faqat Ollohu Karim,
Senga nima kulsammi yo yigʻlasam? (x2)
Kaftingga toʻkilmas koʻzimdagi yosh,
Men koʻngil quliman, olovman bebosh.
Boshingga tushmaydi menga yoqqan tosh,
Panoh boʻlmaysanku panoh izlasam. (x2)
Tegma meni, suyma meni,
Oʻz holimga qoʻy meni.
Tegma meni, suyma meni,
Oʻz holimga qoʻy meni. (x2)
Bu til menikidir xohlaganin der,
Gunoh-savobimni menga qoʻyib ber.
Senda gunoh yoʻqmi, bor tavbangni qil,
Menga osilmasdan sen oʻzingni bil. (x2)
Istasam koʻnglimni soyga otaman,
Istasam oy boʻlib yerga botaman.
Unutma, men ham bir ojiz bandaman,
Farishta boʻlardim gunoh qilmasam. (x2)
Tegma meni, suyma meni,
Oʻz holimga qoʻy meni.
Tegma meni, suyma meni,
Oʻz holimga qoʻy meni. (x2+x2)
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!