🎵 Qoʻshiq matnlari

Rayhon - Borliging

1.6K marta oʻqildi
Rayhon - Borliging
Bu mayin shamollar esganda,
Har tomonda gullar oʻsganda,
Xayollarim, jonginam,
Senga ketadi.
Sehrlandi tonglar, kechalar,
Sen tomonga boshlar koʻchalar,
Hamma narsa sening
Ismingni aytadi.
Borliging oʻzi mening baxtimdir,
Borliging yolgʻiz muhabbatimdir.
Koʻzlarim koʻradi bu dunyoda
Faqat oʻzingni, faqat oʻzingni.
Borliging…
Kezarman xazonli bogʻlarni,
Hattoki yomgʻirli chogʻlarda,
Qalbimdagi quyosh
Nurin sochadi.
Bari sen bor uchun, bilaman,
Har doim yodingda boʻlaman,
Sen boʻlsan baxt menga
Eshigin ochadi.
Borliging oʻzi mening baxtimdir,
Borliging yolgʻiz muhabbatimdir.
Koʻzlarim koʻradi bu dunyoda
Faqat oʻzingni, faqat oʻzingni.
Borliging oʻzi mening baxtimdir,
Borliging yolgʻiz muhabbatimdir.
Yuragim sogʻinar bu dunyoda
Faqat oʻzingni, faqat oʻzingni.
Borliging… borliging… yuragim…
Faqat oʻzingni, faqat oʻzingni…
Borliging oʻzi mening baxtimdir,
Borliging yolgʻiz muhabbatimdir.
Koʻzlarim koʻradi bu dunyoda
Faqat oʻzingni, faqat oʻzingni.
Borliging oʻzi mening baxtimdir,
Borliging yolgʻiz muhabbatimdir.
Yuragim sogʻinar bu dunyoda
Faqat oʻzingni, faqat oʻzingni.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!