🎵 Qoʻshiq matnlari

Maryam Gafurova - Xayolimdasan

1.7K marta oʻqildi
Maryam Gafurova - Xayolimdasan
Yuragim ezar bu xotiralar,
Gumonlar meni qiynar.
Oysiz tunlarda men hamon tanho,
Oh, koʻzlarimga tordir bu dunyo.
Qalbimga berib yana bir ozor,
Bu hislarim etmay oshkor.
Taqdir yoʻllarimiz boʻlsa ham ayro,
Yuragim yongaydir misoli sahro.
Sen xayolimdasan, sen yuragimdasan,
Men bilansan, mening sevgilim.
Sen xayolimni ham, sen yuragimni ham
Oʻgʻirlagansan, mening yolgʻizim.
Ne qilay, aytgin, qalbim qiynoqda?
Firoqda seni eslab.
Yillar oʻtsa-da bu yurak koʻnmas,
Qaytmasligingga u hech ishonmas.
Yillar va yoʻllar bardoshim sinar,
Xayolim sen tomon eltar.
Yillar oʻtsa-da bu yurak koʻnmas,
Qaytmasligingga u hech ishonmas.
Sen xayolimdasan, sen yuragimdasan,
Men bilansan, mening sevgilim.
Sen xayolimni ham, sen yuragimni ham
Oʻgʻirlagansan, mening sevgilim.
Sen yuragimdasan, yuragimdasan,
Sen xayolimdasan, xayolimdasan,
Mening yuragimsan, mening yolgʻizim.
Xayolimni ham, xayolimni ham,
Yuragimni ham, yuragimni ham
Oʻgʻirlagansan, mening sevgilim.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!