🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozodbek Nazarbekov - Devonaman

1.4K marta oʻqildi
Ozodbek Nazarbekov - Devonaman
Necha yilkim men sening
Ishqingda behad yonaman,
Na firoq dashtidaman,
Na ishq mayingdan qonaman. {x2}
Kelmasang gar koʻzlarim
Yoʻlingga zor, hayronaman.
Senki shami shuʼladursan,
Men senga parvonaman. {x2}
Men muhabbat nazmida
Bir shoiri devonaman.
Necha yilkim men sening
Ishqingda behad yonaman.
Na firoq dashtidaman,
Na ishq mayingdan qonaman.
Kelmasang gar koʻzlarim
Yoʻlingga zor, hayronaman. {x2}
Tinglayurman jon ila
Jonga malham bir soʻzing,
Koʻkragimga tig’ urar
Ul qaro ikki koʻzing. {x2}
Bu vafo dunyosida
Biru borimsan oʻzing,
Ey sanam, hajringda afgor,
Bir dili vayronaman. {x2}
Kel goʻzal, bir zumga oʻltir,
Ketma yonimdan yiroq.
Yuragim oʻt ichra qoldi
Seni bir koʻrgandayoq.
Bu gʻarib, oʻksik dilimga
Yoqgil endi sen chiroq,
Qiynama, kel endi mahvash,
Bir gʻarib gʻamxonaman.
Bir shoiri devonaman…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!