Sardor Rahimxon - Sanamjon

Nigohing taftidan bitsam bayotim,
Koʻzingga termulib oʻtsa hayotim.
Sen jonim, deganding, jonimni olding,
Soʻnmas bahorni qalbimga solding.
Oh, bunchalar chiroylisan,
Mani jonim, Sanamjon.
Oh, bunchalar alamlisan,
Mani jonim, Sanamjon. (x2)
Soyangday ergashib yursam har zamon,
Koʻyingda boʻlsamu giryonu nolon.
Sen esa magʻrursan, qaygʻu begona,
Men esa hajringda xasta devona.
Oh, bunchalar chiroylisan,
Mani jonim, Sanamjon.
Oh, bunchalar alamlisan,
Mani jonim, Sanamjon. (x2+x2)
Sening isming yetaklasin qoʻllarimdan,
Sening vasling sari yetaklasin, jonim.
Faqat bir bor koʻray,
Diydoringni sogʻingan men bir gʻaribni tashlab ketma.
Kerak boʻlsa, ol yuragimni, jonimni ol,
Sensiz hayot kerakmas.
Kulib turgan yuzingni yana bir bora koʻrsam,
Armonim qolmas, sensiz bahorim boʻlmas.
Koʻzingga termulib oʻtsa hayotim.
Sen jonim, deganding, jonimni olding,
Soʻnmas bahorni qalbimga solding.
Oh, bunchalar chiroylisan,
Mani jonim, Sanamjon.
Oh, bunchalar alamlisan,
Mani jonim, Sanamjon. (x2)
Soyangday ergashib yursam har zamon,
Koʻyingda boʻlsamu giryonu nolon.
Sen esa magʻrursan, qaygʻu begona,
Men esa hajringda xasta devona.
Oh, bunchalar chiroylisan,
Mani jonim, Sanamjon.
Oh, bunchalar alamlisan,
Mani jonim, Sanamjon. (x2+x2)
Sening isming yetaklasin qoʻllarimdan,
Sening vasling sari yetaklasin, jonim.
Faqat bir bor koʻray,
Diydoringni sogʻingan men bir gʻaribni tashlab ketma.
Kerak boʻlsa, ol yuragimni, jonimni ol,
Sensiz hayot kerakmas.
Kulib turgan yuzingni yana bir bora koʻrsam,
Armonim qolmas, sensiz bahorim boʻlmas.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!