Ummon - Yolgʻon

Yolgʻon ekan sevdim degan soʻzlari, koʻz yoshlari,
Yolgʻondan bir umrga menga oʻzini atadi,
Yolgʻon ekan, yolgʻon ekan, yolgʻon ekan.
Vaqtni oʻtkazmoq uchun baxtimni qurbon ayladi,
Ustimdan kulmoq uchun mani taqdirim aldadi.
Shirin yolgʻon, lek begumon,
Negadir yuragimni etdilar makon, bir umrga qopladi xazon.
Yolgʻon qalbingdagi tuygʻular, uyqusiz tunlar ham,
Yolgʻon meni oʻylab, qaygʻular koʻzlaringni qilsa nam.
Yolgʻon men haqimda orzular qilingan oʻsha dam,
Yolgʻon soxta shirin kulgular taqdim etgan cheksiz gʻam. (x2)
Yomon, yomon, maqsading nega yomon?
Hamon, hamon aldaging kelar hamon,
Yolgʻon, yolgʻon sening bor-yoʻgʻing yolgʻon. (x2)
Yuragimni misli ogʻu qamragandi goʻzal tuygʻu,
Yuragimga sochib yogʻdu, ulashganding goʻzal kulgu.
Sevaman deb kelgan eding, ketar boʻlsang nega kelding,
Xayolimda qachonlardir shamol kabi yelgan eding. (x2)
Oʻzimni bila olmayman shu on, goʻyo hayot men uchun yolgʻon, yolgʻon,
Nega muhabbatimni tushunmas sevgilim, bunday yolgʻonlardan yonadi dilim.
Bormi meni tushunadigan bir inson, qani yorim boʻlsa hayotim bir on,
Osmonlarga yetib boʻldi ayanchli ohim, faqat meni tushunar yagona Ollohim.
Yomon, yomon, maqsading nega yomon?
Hamon, hamon aldaging kelar hamon,
Yolgʻon, yolgʻon sening bor-yoʻgʻing yolgʻon. (x2+x2)

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!