Tohir Sodiqov - Nega sen ket deding

Birdan shamol keltirdi sening nafasingni
Men tomon, eslatdi u seni menga, jonginam.
Endi men borolmayman yoningga, sen esa
Kelmaysan endi.
Kimga ogʻir bu ishdan, faqat ikkimizga,
Kimning ishi bor ekan bizni ishqimiz bilan?
Nega sen ket deding, nega men qolmadim,
Nega sevmayman desam, nega bunga ishonding?
Yoshlar toʻla koʻzimga ishonmasdan hal etding,
Bizning hayotni, jonginam.
Sen bilgin, sen bo`la olarding men uchun
Eng aziz, eng aziz inson.
Lekin sevgi bizga qo`ygan shartlaridan
Biz oʻtmadik oson, shunchaki oson.
Arzimas xato uchun toʻlaymiz biz bir umr,
Sen koʻz yoshlaring bilan, men esa bilmayman.

Bizning hayotni, jonginam. (x1+x2)

Bizning hayotni, jonginam. {x3}

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!