🎵 Qoʻshiq matnlari

Sultonposhsha Oʻdayeva - Koʻrmasam boʻlmasmidi

2.4K marta oʻqildi
Sultonposhsha Oʻdayeva - Koʻrmasam boʻlmasmidi
Qaydanam koʻrgan ekanman, koʻrmasam boʻlmasmidi,
Qaydanam suygan ekanman, suymasam boʻlmasmidi? (x2)
Qaydanam yoʻllar tutashdi, yoʻllaringga ey nigor, {x2}
Yoʻllarimni san tomona burmasam boʻlmasmidi? {x2}
Qaydanam tushdi boshimgʻa bu sevgi savdolari,
Bu sevgi savdosi boshga, tushmasa boʻlmasmidi? {x2}
Qaydanam suygan ekanman, suymasam boʻlmasmidi?
Qaydanam suygan ekanman, oʻtdi umrim hajrida, {x2}
Dilga Mahmud urdi hanjar, urmasa boʻlmasmidi? {x2}
Qaydanam suygan ekanman, suymasam boʻlmasmidi,
Qaydanam koʻrgan ekanman, koʻrmasam boʻlmasmidi?
Suymasam boʻlmasmidi, koʻrmasam boʻlmasmidi?
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!