19:40 Tushda Boyqush / Ukki koʻrsa / Тушда Бойкуш / Укки курса

Tushda boyqushni koʻradigan boʻlsangiz, bu kelajakda sizni jodugarlik ilmini mukammal egallagan kishi bilan uchrashish kutayotganligini bildiradi. Agar tushingizda koʻp boyqushlar koʻrinsa, bunday tush vaqti kelib yer yuzasida qora kuchlar xukmronlik qilishidan guvoxlik beradi. Tushda boyqushni oʻldirish - bu, oʻngda sizning yovuz kishi taʼsiridan qutilishga erishishingizni bildiradi. Agar tushingizda boyqushning ovozini eshitsangiz - bu yomon alomat. Bunday tush kelajakda sizga juda koʻp qaygʻu keltiradigan daxshatli xabar olishingizni ayon etadi.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!