Tushda Mashʼala koʻrsa / Тушда Машьал курса

Mashʼala - inqilob, yangilanish, oʻzgarishlar, maorif timsolidir. Tushda oʻzingizni qoʻlingizga mashʼala tutgan xolda koʻrish - yaqin vaqt ichida siz diqqat markazida boʻlishingizni va nixoyat oʻzingizning diqqatga sazovor rejalaringizni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlishigizni bildiradi. Yonayotgan mashʼalali kishilarni tushda koʻrish -iztirobga tushish va ichki ziddiyatlar alomatidir. Agar tushingizda oʻchgan mashʼalani koʻrsangiz, demak, oʻngda oʻz rejalaringizni amalga oshirib boʻlmasligidan xafsalangiz pir boʻladi. Yiqilib tushgan mashʼaladan yonish chiqishi inqilobdan dalolat beradi. Tushingizda oʻz yoʻlingizni mashʼala bilan yoritib borayotgan boʻlsangiz - demak, sizning donoligingiz va hayotiy tajribangiz tufayli eng qiyin vaziyatlardan chiqib keta olishingizni bildiradi. Agar tushingizda qoʻlingazda mashʼala bilan kitob oldida turganingiz koʻrinsa, oldindan qilingan bashoratning toʻgʻriligiga guvoh boʻlishingizdan ayonlik beradi. Tushda mashʼalani siqib ushlab turgan qoʻlni koʻrish - oʻngda oʻzgalar taʼsiridan chiqishga urinishingizni va doimo ozod boʻlishni xoxdashingizni bildiradi.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!