Tushda Goʻdak koʻrsa / Тушда Гудак курса

Goʻdak - umid, kelajak timsoli. Agar tushingizda goʻdakni xayvon tishlab olganligi koʻrinsa, bu tush kelajakda yerda koʻplab vampir (odamxur) lar paydo boʻlib, birinchi navbatda bolalarga jiddiy xavf solinajagidan guvoxlik beradi. Tushda xomilador erkak koʻrinsa - bu koʻp yillardan beri erkaklarning homilador boʻlib, chaqaloq tugʻishi toʻgʻrisidagi mish-mishlarning haqiqatda roʻy berishi belgisidir. Balki bu yovuz kuchlarning aralashuvisiz sodir boʻlar, ammo bu haqiqat erkakni va chaqaloqni dunyoga mashxur etadi. Agar tushda nogiron goʻdak koʻrinsa - bunday tush butun insoniyat xavf ostida ekanligidan, bu xavf bizning atmosferani ifloslantirishimiz oqibati boʻlishidan ogoh etadi. Tush koʻruvchiga bu tush uning oʻzi juda yordamga muxtoj boʻladigan odam bilan uchrashishidan darak beradi. Yiqilib tushgan ayol qoʻlidagi irkit bolani tushda koʻrish - bu tush yerning katta xavf ostida turganligidan dalolatdir. Kelajakda bogʻliq misli koʻrilmagan miqdordagi odamlardan zaharlanadi va insoniyat qirilib ketish boʻsagʻasiga kelib qoladi. Biroq halokatli axvolni xech narsa bilan oʻzgartirib boʻlmaydi, deb turilganda ushbu daxshatli kasallikka qarshi dorini yaratuvchi inson paydo boʻladi. Agar sizga oyoqlari yoʻq bola tush koʻrinsa, bu tush yerning hav - xatarda turganligidan shoxidlik beradi. Atrof-muxit nihoyatda ifloslanganligi bois koʻplab bolalar jismoniy nuqsonlar, shuningdek, ruxiy kamchilik bilan dunyoga keladilar. Doimiy, jilmayib turgan bolani tushda koʻrish yaxshi alomat. Nixoyat yerda saodatli damlar boshlanib, yer yuzida sevgi hukmron boʻladi. Odamlar urushlardan, qashshoqlikdan, ochlikdan qoʻrqmay qoʻyadilar, chunki kuplab sogʻlom, chiroyli farzandlar dunyoga kela boshlaydilar. Agar tushda yerda chopib yurgan goʻdak koʻrinsa, bu yangilanishni bildiradi, yangi insoniyat alomatidir. Tushda goʻdak ilonni siqayotgan yoki oʻldirayotgan boʻlsa, bu insoniyat yadro urushi xavfining oldini olish yoʻlini topganligidan ayon etadi. Agar siz tushingizda oʻzingizni chaqaloq qiyofasida koʻrsangiz, bu sizning hayotda shunday darajasiga etib kelganingizni, endi oʻz hayotingizni qoʻrib chiqib, uni oʻzgartirishingiz lozimligining alomatidir. Yigʻlayotgan goʻdakni tush koʻrish - oʻngda oʻz kelajagingizning xatarga duch kelishini bildiradi. Tushingizda oʻz farzandingizni izlayotgan boʻlsangiz, demak, yoʻqolgan umidni topishga harakat qilasiz. Goʻdakni gul yoʻlayotganini tush koʻrish-maʼnaviy yuksalishning alomatidir. Agar tushingizda goʻdakning qoʻlidan ushlab turgan boʻlsangiz, bu qiyin ahvoldan chiqib olishga harakat qilishingizdan dalolat beradi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!