Tushda Quduq koʻrsa / Тушда Кудук курса

Quduq - cheksizlik, sirlar, sogʻlomlashtirish, kelajakni bashorat qilish alomatidir. Tushda issiq chulda quduqni koʻrish - samimiy qalb egasi boʻlgan kishini uchratish alomatidir. Quduqdan suv tortib olayotganlikni tush koʻrish - oʻngda oʻz qiziqishlaringizni qoniqtira olishingiz belgisidir. Qurib qolgan quduq tushga kirsa, ogoh boʻling, sanoat chiqindilari bilan zararlangan suv hayot uchun yaroqli boʻlmaydi. Agar tushingizda quduq suviga yuvinayotgan boʻlsangiz, demak, uzoq, davom etadigan va darmonni kuritadigan kasallikdan shifo topib ketasiz. Quduqda tushib ketayotganingizni tushingizda koʻrsangiz - yaqin vaqtlar ichida siz kutilmagan xabardan qattiq hayajonga tushasiz yoki qoʻrqib ketasiz. Quduqda yulduzni koʻrish - bunday tush sizning shubhasiz, omad egasi, nima uylasangiz usha roʻyobga oshinshdan darak beradi. Agar tushingizda quduq kavlayotgan boʻlsangiz, demak, siz haqiqiy boylikni qidirayotganingizni bildiradi. Quduqda loyqa suvni tushda koʻrish - buni kasallik va hayotiy quvvatni yoʻqotishga yuyish mumkin.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!