Tushda Qamoqxona koʻrsa / Тушда Камокхона курса

Qamoqxona erksizlik, odamovilik va yolgʻizlik timsolidir. Tushda oʻzingizni qamoqxonada tutkin holatda koʻrsangiz, demak, oʻngda siz oʻylaganlaringizni amalga oshirishga xalaqit berayotgan bir qancha tadbirlar taʼsiridan chiqa olmayapsiz. Agar siz tushingizda qamoqxona oynasidan qarayotgan boʻlsangiz, yaqin kelajakda sizning yoningizda shunday odam paydo boʻladiki, sizning ustingizdan cheksiz xukmronlik qilish ehtimoli mavjud.Sizning qamoqxonadan chiqishga urinayotganligingiz tushda koʻrinsa, bunday tush shoshilinch qaroringiz oqibatlari haqida ogoh etadi. Agar siz tushingizda qamoqxona panjaralarini buzayotgan boʻlsangiz, bu oʻzgalar taʼsiridan qutilish uchun urunishingizdan dalolat beradi. Tushingizda yaqinlaringizdan birini qamoqda oʻtirganligi namoyon boʻlsa, demak, siz oʻz yaqinlaringizning ishonchini haddan ziyod suiisteʼmol qilyapsiz. Kimnidir qamoqxonadan ozod etish - oʻngda siz zudlik bilan yolgʻizlik muammosini hal etishingiz kerakligini bildiradi.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!