Tushda Qirgʻiy koʻrsa / Тушда Киргий курса

Qirgʻiy - shafqatsizlik, tezkorlik, xavf-xatar timsolidir. Tushda parvoz qilayotgan qirgʻiyni koʻrish - oʻngda jamoatchilik hurmatini, eʼtirofini, sharaflashini qozonishi bildiradi. Agar siz tushingizda qirgʻayning pastga otilib, oʻz oʻljasini tutib olganligini koʻrsangiz, demak, oʻngda siz xunuk qilmishning guvoxi boʻlib qolasiz. Agar qirgʻayning xujum qilganini tush koʻrsangiz, demak, sizga dushmanlaringiz pastqʼamlikdan zarba berishga intilayotganligidan dalolatdir. Yarador qirgʻiyni tushda koʻrish, demak, doʻstlaringiz sizga dushmanlar tomonidan oʻylangan makkorliklarini amalga oshirishlariga xalaqit beradilar. Qirgʻiyni qanday oʻldirayotganligingizni tush koʻrsangiz - oʻngda kuchli va makkor dushmandan qutulasiz. Katta, qora qirgʻay falokat va vayronalik timsolidir.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!