Shahboz va Navroʻz - Sovuq

Koʻcha sovuq, harorat darajasi past,
Qalbda ogʻriq, tinmaydi hatto bir nafas.
Miya boʻshliq, hech bir maʼlumot ham sigʻmas,
Tanam muzlab, uni hech isitib boʻlmas.
Sovuqlarda muzlab ketdi-ku orzular,
Shamollarda yoʻq boʻlib ketdi tuygʻular.
Sovuqlarda qolib ketdim faqat oʻzim,
Seni isitar oʻzga inson, ishonmas koʻzim.
Oʻzga insonning bagʻridan qoʻnim topding nahot?
Oʻzga qoʻllarning taftidan issiqlik sezding nahot?
Men esa bir oʻzim, (alam bilan)
Sovuqlarda qoldim, (sogʻinch bilan)
Yolgʻon sevgining yolgʻoniga aldanib qoldim. (x2)
Koʻcha sovuq, yuragim muz,
Goʻyoki urishdan toʻxtab, qilmoqdadir tanaffus.
Qalbimda bahor edi, yonimda boʻlgan onlaring,
Yodimdan ketmaydi kulishlaring.
Qoʻllaringni isitar oʻzga inson, bagʻriga bosar seni,
Tasodifan koʻrib qoldim buni.
Va shu onda anglab yetdim,
Shuncha vaqt soxta tuygʻularga aldanib kelganimni.
Axir ajralganimizga koʻp boʻlmagan edi,
Mening qalbimda esa umidim bor edi.
Zoʻrgʻa kutib yurganmiding ajralish kunimiz,
Qayerlarda qolib ketdi muhabbatimiz?
Oʻz koʻzlarim bilan koʻrib, qoyil qoldim,
Mening esa aybim seni sevib qoldim.
Endi tuygʻular yoʻq, soʻnggi umid ham yoʻq,
Sovuqlarda bir oʻzim muzlab qoldim.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!