Rayhon - Sen ketding

Faqat bitta daraxt – sen sevgan gilos
Gullamadi qayta kelsa ham koʻklam.
Bitdi deb oʻylasam ayriliq dogʻi,
Seni esga soldi gullamay u ham.
Sen ketding, sen ketding,
Ketmadi mendan bu falak,
Yulduzlar men bilan, men bilan bu gullar.
Bulutlar ketmadi, yomgʻirlar yogʻdi,
Qoldilar men bilan sen yurgan yoʻllaring,
Sen ketding.
Seni unutgandim, taqdirga koʻnib,
Qismat qarshisida boshni egib jim,
Ammo gullamagan gilosni koʻrib,
Hayrat va hasratdan yigʻladim sim-sim.
Sen ketding, sen ketding,
Ketmadi mendan bu falak,
Yulduzlar men bilan, men bilan bu gullar.
Bulutlar ketmadi, yomgʻirlar yogʻdi,
Qoldilar men bilan sen yurgan yoʻllaring,
Sen ketding. (x2)

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!