🎵 Qoʻshiq matnlari

Gʻayrat Usmonov - Yodimda bir

1.7K marta oʻqildi
Gʻayrat Usmonov - Yodimda bir
Kimdir kimnidir qachondir sevgan,
Kimdir kimgadir mehrini bergan.
Menda ham shundayin holat bo`lgan – {x2}
Yonimda bir yor, yodimda bir yor. {x2}
Tunlari ko`zimga uyqu kelmas,
Sog`inib yig`lagan yurak menmas, (x2)
Nahot taqdirni tuzatib bo`lmas?
Yonimda bir yor, yodimda bir yor. {x2}
Mehrim birdek tushgan ikkala gulga,
Ikkisi ham birdek yaqindir dilga. (x2)
Ikki bor sevmasdim qolganda menga,
Yonimda bir yor, yodimda bir yor. {x2}
Yodimdagi qolaversin yodimda,
Yonimdagi baxtli bo`lsin yonimda. (x2)
Ko`pning dardin bir qo`shiqqa soldim-da,
Yonimda bir yor, yodimda bir yor. {x4}
Kimdir kimnidir qachondir sevgan…
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!