🎵 Qoʻshiq matnlari

Shohruhxon - Jonim dadam

3.1K marta oʻqildi
Shohruhxon - Jonim dadam
Qiblagohim, buzrukvorim,
Siz mo`tabar, jonim dadam.
Hayotimga ziyokorim,
Shams-u qamar, jonim dadam. (x2)
Jonim dadam, jonim dadam,
Yuksak nazar, jonim dadam. (x2)
Umri o`tib mehnat bilan,
Achchiq, shirin zahmat bilan,
Choy ichmagan minnat bilan,
Yuksak nazar, jonim dadam.
Jonim dadam, jonim dadam,
Yuksak nazar, jonim dadam. (x2)
Elda yurib, kezib olam,
Kishi ko`rdim ancha men ham,
Topolmadim lekin odam
Sizdek kamtar, jonim dadam. (x2)
Jonim dadam, jonim dadam,
Yuksak nazar, jonim dadam. (x2)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!