Bayroq haqida sara sherlar to‘plami uzbekcha she'r

Bayroq haqida sara sherlar to‘plami
Bayroq haqida sara sherlar to‘plami


O‘zbekiston bayrog‘i

Ko‘kda hilpirar mag‘rur, O‘zbekiston bayrog‘i
Dillarga solar g‘urur, O‘zbekiston bayrog‘i
“O‘z bayrog‘im” deb xalqim, dilda qilar iftixor
Undagi har bir rangning, o‘z ramzi, manosi bor.


Iqbol Mirzo: O‘zbekiston bayrog‘i
Qalbimiz to‘la surur,
To‘tiyo yurt tuprog‘i,
Hilpirab turar mag‘rur,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Iftixor dilimizda,
U yo‘ldosh yo‘limizda,
Yuksalar qo‘limizda,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Gumbazlarda, yuksakda,
Peshtoqlarda, falakda,
Ko‘ngillarda, yurakda,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.


Abdulla Oripov: O‘zbekiston bayrog‘i
Har qanday lashkarning ham
O‘z tug‘i, yalovi bor,
Sen qaysi saltanatdan,
Sen qaysi davlatdan kam.

Qo‘rg‘onlar qatorida
Bir qo‘rg‘onsan ustuvor,
Vallamat, tog‘dor yurtim,
Muhtasham respublikam.

O‘ylama, ha, olamda
Nasibiy erur ko‘p holat,
Zamona g‘alviridan
Har narsa o‘taverar.

Tarix uchun va lekin
Kim ham bergay kafolat,
Yakka inson bir yo‘lchi:
Kelaru ketaverar.

Qadim-qadim zamonda
Yunonlik haykaltarosh,
Bir sanat yaratibdi,
Maqsadi – bir burda non.

Haykal esa asrlar
Sinoviga bermish dosh,
Bugun uni ko‘klarga
Ko‘tarar butkul jahon.

Ko‘zni kattaroq ochib
Boqsang bu muammoga,
Alam qilgulik qadar
Kam yashar inson zoti,

Faqatgina xalq sohib
Bardavom bu dunyoga,
Asragay har kas nomin
Faqat xalqning hayoti.

Sanasang hodisot mo‘l
O‘zbekning tarixida,
Har biriga bir noma
Yoki doston bitgulik.

Ne zotlar oqmagan bu
Asrlar arig‘ida,
Har biri bitta xalqning
G‘ururiga yetgulik.

Barchaga ayon erur
Men aytgan ushbu gaplar,
To hanuz asablarni
Ezg‘ilar bu shum o‘tmish.

Moziyga o‘qtin-o‘qtin
Sochsak hamki g‘azablar,
Lekin ayting, o‘zbekning
Qo‘lidan kim ham tutmish?

Bir kuni yovqur shoir
Yani Turdi Farg‘oniy,
Bo‘ltak bo‘lgan bu xalqqa
Birlash deb qildi xitob.

Bejavob qolaverdi
Uning dardi so‘rog‘i,
O‘sha-o‘sha zamin kar,
O‘sha-o‘sha gung oftob.

Bugun zimdan nazar sol
Sen mana bu bayroqqa,
Mayliga bir daqiqa
Unutgin turfa kekni.

Shu bayroq nomimizni
Eltdi yiroq-yiroqqa,
Shu bayroq birlashtirdi
Parokanda o‘zbekni.


Hilpirayver bayrog‘im
Bayrog‘imiz to‘rt rangda,
Qizil, yashil, moviy, oq
Menga oq rangi yoqar,
Hammasidan ham ko‘proq.

Oq rang insonlarga xos,
Odil, soflik belgisi
Yashil rangi Vatanning
Qir-adrlar ko‘zgusi.

Qizil rangi ham inson,
Tomirida oqqan qon.
Moviy rang o‘lkadagi
Ko‘m-ko‘k musaffo osmon.

O‘n ikki yulduz asli,
Viloyatlar ramzidir.
Bu bayroq Vatanimiz
Chiroyidir, faxridir.


O‘zbekiston ramzlari
Bobom uqtirgan takror

Istiqlol bu – baxt, deya.
Ozod Vatan ramzi bor:
Bayroq, gerb va madhiya.

Bugun dadam berar dars
Asramog‘ing shart, deya,
Ramzlar ham muqaddas:
Bayroq, gerb va madhiya.


Millat bayrog‘i
Qora o‘tmish qoldi ortda,
Dorilomon kunlar yurtda,
Mehr-ko‘zda, muhabbatda,
Porla, Millat bayrog‘i!

Osmon to‘la yulduz-oppoq,
Bir-biridan chaqnoq biroq,
12 si eng yarqiroq,
Porla, Millat bayrog‘i!

Mangulik hur yo‘lidasan,
O‘ngidasan, so‘lidasan.
Ozod xalqning qo‘lidasan
Porla, Millat bayrog‘i.


Qo‘limda bayroq
Moviy, yashil, oq,
Qo‘limda bayroq,
Yuguraman shod,
Vatanda ozod!

Shamolda g‘ir-g‘ir,
Hilpiraydi hur.
Dilim shoshadi,
Zavqim toshadi.

Ona tabiat
Va jo‘shqin hayot,
Musaffo osmon,
Tomirimda qon.

Pok orzularim,
Jam bo‘lgan bari.
Boshla mayog‘im
Vatan bayrog‘i!


Hilpilla bayrog‘im!
Yellar-la hilpilla, bayrog‘im,
Viqor-la silkilla, bayrog‘im!
Qulama, yiqilma, egilma,
Olamga qut ula, bayrog‘im!


Vatan bayrog‘i
Sog‘insak boqamiz
Moviy rangini
Yulduzlar eslatar
O‘z osmonimizni
Oy ham yangidan
Bayroqqa payvanddir
Bizning jonimiz
Bunda hindu arab
Hatto bor hakas
O‘zbekiston desak
Qilishar havas
Farangu olmondan
Do‘stlarim talay
Mening bo‘ylarim ham
Undan kam emas
Bilaman dunyoda
Vatanlar ko‘pdir.
Har birin o‘z yori
Bordir o‘z nomi.
Jo‘marddan deganing
Armoni yo‘qdir,
Bayroqdan boshlansa
Vatan salomi
Balki bu so‘zlarim
Sodda, odmiroq
Etibor bermaymiz
Bazan o‘zimiz
Bayrog‘imiz doim
Bizdan jidinroq
Dunyoga tanitar
Yorug‘ yuzimiz.


Yurtim bayrog‘i
Boshim uzra hilpiraydi bayrog‘im
Senga boqsam chaqnar ko‘zim qarog‘im.
Moviy, yashil, oppoq erur ranglari
Qizil chiziq tomirdagi qonlari.

Osmonimiz bo‘lsin moviy musaffo
Poyi uzra yashil vodiylar paydo.

Oppoq qorlar ranglarini yashnatib,
Oy yulduzlar shulasini porlatib
Hilpirayver ona yurtim bayrog‘i
Sen erursan yuraklarning ardog‘i.


O‘zbekcha bayroq!
Vatan siymosini ifoda etib
Ko‘kda hilpiraydi o‘zbekcha bayroq
Hilol oy yulduzlar va to‘rtta rangi
Moviy, qizil, yashil hamda oq.

Harbiri o‘zgacha mano kasb etib
G‘urur iftixorla tilga kiradi.
O‘zida yashirin sirli hilqatni
Navbatma navbat ochib beradi.

Moviy rang tiriklik yashash imkoni
Beg‘ubor osmon–u halollik ramzi
Agarki bilsangiz shu rangda edi
Temur davlatining bayrog‘i rangi.

Sadoqat yashirin unda begumon
Shon shuxrat yaxshilik bari jamuljam
Unda tavof aylab ko‘zlarga surtsak
Dunyolar ichida bo‘lmasmiz hech kam.

Oq rangda aks etgan poklik va soflik
Orzu va xayollar charag‘onligi
Tinchlikday muqaddas qo‘rg‘onimiz u
O‘zbekistondek yurtim faravonligi.

Koinot yurtiday zaminimizni
Mehrdan yog‘ilar qalblarda chiroq
Mehrla asrasak o‘z elimizni
Soldi nar g‘animlar qalbiga titroq.

Yashil rang uyg‘onish yasharish demak
Yashillik yarashar go‘zal bo‘stonga
Navqiron umidli shodumon yoshlar
Timsoli ko‘rk berar O‘zbekistonga.


Bayrog‘imda
Vatanim shon-shuhrati,
Salohiyat, qudrati,
Mustaqillik nusrati
Aks etgan Bayrog‘imda,
Bayrog‘im – ko‘z qarog‘im-da.

Ranglarining manosi,
Xalqning ruhi, navosi,
O‘zbekiston havosi –
Aks etgan Bayrog‘imda.
Bayrog‘im – ko‘z qarog‘im-da.

Men shu Vatan erkasi,
Men shu Vatan ertasi.
Alpqomat yelkasi –
Aks etgan Bayrog‘imda,
Bayrog‘im – ko‘z qarog‘im-da!


Bir bayroq ostida
Hurlikni ulug‘lab hilpirar mag‘rur
O‘zbek iftixori vatan bayrog‘i
Yashaydi millatlar do‘st-inoq masrur
Sajdagoh makondir oltin tuprog‘i.

Karvonin boshlaydi dovyurak sarbon
Murodli manzilga aziz xalqini
Ko‘rsam der yurtini jannatiy makon
Bag‘ishlab eliga umri qalbini.

Kechdi bu zamindan Manguberdilar
Kubrolar, Temurlar shavkati-shoni
Bir bayroq ostida birlashdi el-yurt
Bir bayroq ostida yashnadi zamon.

Istiqloldan keyin ajdodlar tug‘in
Yangiladik ne tong erk bo‘ldi qarov
Balqdi tantanavor boshimiz uzra
Xalqimiz timsoli milliy bir yalov.


Mo‘tabar bayrog‘im
Bayroqdagi 4 xil rang
Hamohangdir birlikda
Bir-birini to‘ldirar
Maqsad sari tenglikda.

Havo rang tinchlik demak
Oq – rangdir poklik ramzi
Yashil – yashnagaydir el
Qizil rang hayot ramzi.

Yulduzlar doim sirli
Manolarni so‘zlaydi
12 yulduz 12 oy
tarixdan so‘zlaydi.

Yangi chiqqan to‘lin oy
Har ko‘zni o‘zga chorlar
Duoga ochamiz qo‘l
Dilga nur, poklik solar.

12 baxt yulduzi.
O‘ziga xo‘p yarashar
Unda dunyo xalqlari
Havas bilan qarashar.

Mustaqil yurt deb atar
Yer yuzining har yog‘i
Bizga juda mo‘tabar
O‘zbekiston bayrog‘i.


Bayrog‘imiz dunyo uzra
Xalqim orzu niyati
Dilga quvonch soladi
Bayrog‘imiz dunyo uzra
Yurtga dovrug‘ soladi.


Bayroq ranglariga sher

Oq rang:
Men-chi oq rang bo‘laman
Vazifam – doim tinchlik
Timsolim – soflik, poklik
Orzu va xayollar bilan
Intilishim ichki go‘zallik.

Moviy rang:
Men moviy rang bo‘laman
Bayroqdan joy olganman,
Tiriklik, mangu osmon
Obihayot ramziman
Donishmandlik, halollikni
Yaxshilik sadoqatni
O‘zimda aks etganman.
Amir Temur ruhini
Doimo shod etgayman.

Yashil rang:
Bayroqdagi yashil rang
Tabiat yangilanishi
Ko‘pgina xalqlarda esa
Umid va shodumonlik.

Qizil chiziq:
Qizil chiziqlar esa
Vujudda oqayotgan
Hayotiy irmoqlarni
Jo‘shishidan berar darak.

Oy:
Men bilan tarix bog‘liq
Ayni paytda esa men
Sizlarga muhim bog‘liq
Mustaqillik ramzi ham.

Yulduz:
O‘zbek xalqi qadimiy
Madaniyat beshigi
Tuprog‘ida saodat
Komillikdir eshigi.


Istiqlol bayrog‘i

Ona yurtim jon yurtim
Hur O‘zbekiston yurtim
Istiqlol bayrog‘ini
O‘pib yuzimga surtdim.

Нархи канча мехрни айтинг

Нархи канча мехрни айтинг Олиб берай мехрсизларга Ёпмаса бас юзимга эшик Улашаман калби музларга...😔😢...

Kelinchakka aytib qo'ying yig'lamasin

Armon oti orzulardan o'zib ketti, Hijronlari yor bag'rini tig'lamasin. Hayollari har tomonga to'zib ketti, Kelinchakka aytib qo'ying yig'lamasin......

Dunyodan nolimang

Dunyoga keldimu erkin hayot kormadim, Dunyoga toymadim oynab kulmadim. Dunyo shunday ekan bu yolgon dunyo, Aldab aldab ketar ekan da goyo. Dunyodan nolimayman men lekin aslo, Hech kim mendek dard kormasin aslo. Dunyodan hamma ham ketadi bir kun, Insonlar dunyodan nolimang lekin....

Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi

Erkaklar sevgisi qo'nim topmaydi, Ko'ngli bilan jismi birga yotmaydi... Muxabbat bobida sevar chin dildan, Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi......

Omon bo‘l, bir umr,aziz sinfdosh

Umid deb atalmish guling so‘lmasin, Yurakda orzular xech xam o‘lmasin. Shu qora ko‘zlaring xech nam bo‘lmasin Omon bo‘l,bir umr,aziz sinfdosh....

Omon bo'ling yuragimga Yaqinlarim

Bu dunyoda menga Jondan azizlarim, Ollohimga umri Aziz lazizlarim, Sizga bitay g'ubori yo'q Dil suzlarim, Omon bo'ling yuragimga Yaqinlarim......

Ollohim qo'llading o'zingga shukur

Tuhmat-u bo'htondan qiynalib ketdim, Yashagim kelmasdan zorlanib ketdim, Yuragim ezilib orlanib ketdim, Ollohim, qo'llading o'zingga shukur......

Faqirlar ichida bo'lib xam faqir

Faqirlar ichida bo'lib xam faqir, Mexrga javobni loyiq qilsangiz, Ming boydan yahshisiz, bahtingiz esa, Bahtliroq bahtlilar ichra bilsangiz..!...

Sevganingiz bormi deydi sho'h qizchalar

Sevganingiz bormi deydi sho'h qizchalar, Ming so'rashsin mendan javob olishmaydi. Ishq bog'ida sarhush bo'lib hayronaman, Gul yuzlari bir biridan qolishmaydi. Bari go'zal tanlab bo'lmas sarasini, Hammasini sevaman men hammasini🙊😂...

Kim qul dedi, kim devona dedi mani

Kim qul dedi, kim devona dedi mani, Muxabbat bu kitobiy so'z, bir bemani, Deganlar bir ishqla yonib ko'rsin qani, Shohsuvorim, gar gul desam arziy.........

Izohlar 30

  1. Офлайн
    Robiyaxon
    Robiyaxon 2 декабря 2022 03:24
    Bu she'rlar menga juda yoqdi rostan ham eng saralari shu yerda ekan juda zor she'rlar ekan
  2. Офлайн
    Donaeva Zanifa
    Donaeva Zanifa 20 ноября 2022 16:54
    Manga yoqdi
  3. Офлайн
    Шшшшш
    Шшшшш 17 ноября 2022 19:51
    Менга чуда йокди менга керак еди
  4. Офлайн
    muhammadyusuf
    muhammadyusuf 17 ноября 2022 17:56
    bayrogim fahrim
  5. Офлайн
    Jasmina
    Jasmina 17 ноября 2022 17:55
    Zõr werlar ekan
  6. Офлайн
    Мастура
    Мастура 17 ноября 2022 16:18
    Байроқ хақидаги шерлар менга ёқди
  7. Офлайн
    Мадина
    Мадина 16 ноября 2022 22:32
    Ман йокди охирги шер 👍зор омадизи берсин
  8. Офлайн
    bonu
    bonu 16 ноября 2022 19:27
    menga kerak bayroq haqida sherlari
  9. Офлайн
    Sarvinoz
    Sarvinoz 16 ноября 2022 17:44
    Sherlar manoli rahmat
  10. Офлайн
    АЛЛАХ спасиба
    АЛЛАХ спасиба 16 ноября 2022 13:10
    hammaga salom menga oxrgsi yoqdi
  11. Офлайн
    Shoxsanam
    Shoxsanam 16 ноября 2022 12:47
    Menga juda ham yoqdi. Ijodizga omad.
  12. Офлайн
    АЛЛАХ спасиба
    АЛЛАХ спасиба 16 ноября 2022 11:52
    juda zo'r
  13. Офлайн
    Гладиятор
    Гладиятор 16 ноября 2022 11:26
    Танишайлик дуслар
    1. Офлайн
      Shoxsanam
      Shoxsanam 16 ноября 2022 12:49
      Salom mening ismim shoxsanam yangi dõstingizman
    2. Офлайн
      АЛЛАХ спасиба
      АЛЛАХ спасиба 16 ноября 2022 13:12
      ismiz nma aka yaxwimisz?
  14. Офлайн
    ruxshona
    ruxshona 16 ноября 2022 07:24
    assalomu alekum maning ismim ruhshona mani ham ismimga sher topib beringsizlar iltimos
  15. Офлайн
    ...
    ... 15 ноября 2022 18:22
    Sara 4 qator sher
    1. Офлайн
      SHAXZODJON
      SHAXZODJON 16 ноября 2022 06:02
      MENGA JUDAXAM YOQDI
  16. Офлайн
    Dilshoda
    Dilshoda 15 ноября 2022 15:32
    Barakalla,yoqdi ayniqsa kaba haqidagisi
  17. Офлайн
    Nnnnnnnnn
    Nnnnnnnnn 15 ноября 2022 08:51
    Manga yoqdi
  18. Офлайн
    Odina
    Odina 14 ноября 2022 19:16
    Menga bu she' rlar juda yoqdi
  19. Офлайн
    Muxlisa
    Muxlisa 14 ноября 2022 18:29
    Menga juda yoqdi .Juda ajoyib chiqibdi .Menga hamma she'rlar yoqdi. Ishlarizga omad
  20. Офлайн
    Madina
    Madina 10 ноября 2022 19:44
    Juda ajoyib chiqibdi bravo bravo super
  21. Офлайн
    Marjon,😍😍😘😘💋💋💋💔💔👌👌👩‍❤️‍💋‍👩👩‍❤️‍💋‍👩
    Marjon,😍😍😘😘💋💋💋💔💔👌👌👩‍❤️‍💋‍👩👩‍❤️‍💋‍👩 9 ноября 2022 12:08
    Salom menga juda ham yoqdi
  22. Офлайн
    Феруза
    Феруза 24 октября 2022 18:15
    Турфа хил савдолар тушганда бошга шеьри жуда таьсирли жкан.Менга екди.
  23. Офлайн
    Amirxon
    Amirxon 12 октября 2022 12:08
    Menga yoqdi va foydasi tegadi
  24. Офлайн
    Лола
    Лола 25 ноября 2021 19:01
    Менга 4чи шер йокди
  25. Офлайн
    Naimova Asal
    Naimova Asal 25 ноября 2021 16:24
    Bayroq xaqida she'r

    Menga bu she'rlar juda yoqdi

    Men ham kelajakda shunday she'rlar yozaman
  26. Офлайн
    Дилора
    Дилора 18 ноября 2021 18:17
    Баррок хакида йана шер керак
  27. Офлайн
    xurshida
    xurshida 13 ноября 2021 09:53
    assalomu alaykum maning ismimga ham sher yuqmi

Fikr qo'shish