🎵 Qoʻshiq matnlari

Ozodbek Nazarbekov - Olloh goʻzal

1.8K marta oʻqildi
Ozodbek Nazarbekov - Olloh goʻzal
Azonda ilk aytmish Bilol:
“Alloh go`zal, Alloh go`zal”. (x2)
Orazi gul, husni hilol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal.

Arsh arkiga sulton O`zi,
Beayb-u benuqson O`zi. (x2)
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal. (x2)

Azal vujud, abad vujud,
Diydori bir shirin umid. (x2)
Vasli sharaf, vasli xayol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal. (x2)

Hukmiga hurlar muntazir,
Parvardigori benazir. (x2)
Xolisdir ul Zot bemisol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal. (x2)

Tuproqqa jon etmish ato,
Odam Ato, Momo Havo,
Loydan odam yasar Kulol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal.

Xofiz ko`ngil taʼbing o`shal,
Ruhing o`shal, Robbing o`shal.
Poyiga cho`k, ul zul Jalol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal.

Poyiga cho`k, ul zul Jalol,
Alloh go`zal, Alloh go`zal.

Azonda ilk aytmish bilol:
“Alloh go`zal, Alloh go`zal”. (x2)

Alloh go`zal, Alloh go`zal… {x4}
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!