🎵 Qoʻshiq matnlari

Munojot Yoʻlchiyeva - Nihon etdi

1.8K marta oʻqildi
Munojot Yoʻlchiyeva - Nihon etdi
Falak subhimni shom etdi,
Xurshidim nihon etdi, nihon etdi. (x2)
Shafaq yanglig` nihonkim,
Bul xazin ko`nglimni qon etdi, qon etdi. (x2)

Tong ermas nola qilsam,
Qon yutib man zor gardundin.
Shakar kom ayladi elni,
Mani talhi dahon etdi, yora. (x2)

Gul ishqin dog`ida kuyib,
Andalib ko`ksiga jo bo`lg`ach,
Fig`onin shomdin to subhga
Maylim oston etdi.

Ajab ermas mani bedor
Ahli sargiron ko`rsa,
Malomat shahbozi boshim
Uzra oshiyon etdi. (x2)

Uvaysiy sabr qil, qismat
Ishiga piri kanʼondek,
Azizim siriga alamdan
Zindonni makon etdi, makon etdi.

Azizim siriga alamdan
Zindonni makon etdi, makon etdi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!